Usmanov Bekzod Baymatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach ko‘krak qismi saratonini tashxislash va davolashda mul`timodal yondashuvlar» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib953.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olimjon Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali qizilo‘ngach saratoni diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizilo‘ngach saratonida lokoregionar metastazlarga shubha bo‘lgan holatlarda neoad’yuvant ximioterapiya o‘tkazish uchun radiofarm preparat patologik o‘zgargan to‘qmalarda to‘planganligi hisobiga PET-KTdan foydalanish zarurligi asoslangan;
mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratoni xirurgik davolashda radikalligini oshirish maqsadida paklitaksel/karboplatin neoad’yuvant ximioterapiyani sxema qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
ilk bor L`yuis operatsiyasida ezofago-gastro anastomozning oldingi va yon devorini mediastinal plevradaning mustahkamlash orqali choklar etishmovchiligining oldini olish usuli ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngach saratonida rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng operatsiyadan keyingi erta asoratlarni sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning erta faollashuvini tezlashtirishi va yotoq kunlarining qisqartirishi orqali “tez tiklanish” dasturining qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
qizilo‘ngach saratonida radikal xirurgik amaliet vaqtida ikki kanalli nazoenteral zonddan foydalangan holda, oshqozon-ichak tizimini adekvat dekompressiyasi va erta enteral oziqlanish hisobiga tez tiklanish va anastomoz etishmovchiligini oldini olish amaliyot bosqichi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6/110-son qaroriga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach saratonida lokoregionar metastazlarga shubha bo‘lgan holatlarda neoad’yuvant ximioterapiya o‘tkazish uchun radiofarm preparat patologik o‘zgargan to‘qmalarda to‘planganligi hisobiga PET-KTdan foydalanish zarurligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 4 apreldagi №34-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 25 martdagi №16i-sonli buyruq bilan va Buxoro filialidagi jarrohlik bo‘limida 2024 yil 14 martdagi №40-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan PET-KT usulini joriy etish kasallikning bosqichini aniqroq belgilash, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va asoslanmagan jarrohlik aralashuvlarining oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: QSda PET-KTni qo‘llash davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va asoslanmagan jarrohlik aralashuvlarining oldini olish hisobiga davlat byudjeti xarajatlarini 14,7% ga tejash imkonini bergan. Xulosa: PET-KT qizilo‘ngach saratonini diagnostikasi va dinamik nazorat qilish uchun asosiy usul ekanligi isbotlangan. U davolash samaradorligini oshirishga, ayniqsa, neoad’yuvant va ad’yuvant terapiyadan so‘ng prognozni yaxshilashga yordam bergan. PET-KT kasallik bosqichini aniq belgilash, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va asoslanmagan jarrohlik aralashuvlarining oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlarini 14,7% ga tejash imkonini bergan.
Ikkinchi ilmiy yangilik: mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratoni xirurgik davolashda radikalligini oshirish maqsadida paklitaksel/karboplatin neoad’yuvant ximioterapiyani sxema qo‘llashning samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 4 apreldagi №34-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 25 martdagi №16i-sonli buyruq bilan va Buxoro filialidagi jarrohlik bo‘limida 2024 yil 14 martdagi №40-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan neoad’yuvant ximioterapiyadan foydalanilgan holdagi kombinirlashgan davolash lokal residivlar sonini 13,5% dan 2,8% gacha va uzoq metastazlar sonini 34,9% dan 23% gacha kamaytirishga yordam berdi. Shuningdek, jarrohlik aralashuvlari bilan birgalikda umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach saratonida neoad’yuvant ximioterapiyani joriy etish lokal residivlar va uzoq metastazlar sonini kamaytirish, shuningdek, umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish orqali davlat byudjeti xarajatlarini 12,5% ga tejashga imkon bergan. Xulosa: paklitaksel/karboplatin sxemasi bo‘yicha neoad’yuvant ximioterapiyani qo‘llash bilan kombinirlangan yondashuvning samaradorligi mahalliy tarqalgan qizilo‘ngach saratonida lokal residivlarni 13,5% dan 2,8% gacha va uzoq metastazlarni 34,9% dan 23% gacha kamaytirgani, shu orqali umumiy va residivsiz yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilagani va davlat byudjeti xarajatlarini 12,5% ga tejash imkonini bergani isbotlangan.
Uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor L`yuis operatsiyasida ezofago-gastro anastomozning oldingi va yon devorini mediastinal plevradaning mustahkamlash orqali choklar etishmovchiligining oldini olish usuli ishlab chiqinligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 4 apreldagi №34-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 25 martdagi №16i-sonli buyruq bilan va Buxoro filialidagi jarrohlik bo‘limida 2024 yil 14 martdagi №40-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: L`yuis operatsiyasida takomillashtirilgan ezofago-gastroanastomoz usulini qo‘llash anastomoz choklari etishmovchiligi sonini 5,3% dan 1,3% gacha kamaytirgan, shu orqali operatsiyadan keyingi erta o‘lim holatlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan ezofago-gastroanastomoz usuli, anastomoz choklar etishmovchiligi sonini, operatsiyadan keyingi erta o‘lim holatlarini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hisobiga statsionarda bemorlarning qolish muddati 3 kunga qisqartirish orqali davlat xarajatlarini 28,5% ga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: L`yuis operatsiyasida takomillashtirilgan plevra ichi ezofago-gastroanastomozi choklar etishmovchiligini oldini olish usuli choklar etishmovchiligi holatlarini sezilarli darajada kamaytirishi (5,3% dan 1,2 % gacha), bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan va operatsiyadan keyingi erta o‘lim holatlarini kamaytirish hisobiga statsionarda bemorlarning qolish muddati 3 kunga qisqartirish orqali davlat xarajatlarini 28,5% ga tejaj imkonini bergan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach saratonida rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng operatsiyadan keyingi erta asoratlarni sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning erta faollashuvini tezlashtirishi va yotoq kunlarining qisqartirishi orqali “tez tiklanish” dasturining qo‘llash samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 4 apreldagi №34-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 25 martdagi №16i-sonli buyruq bilan va Buxoro filialidagi jarrohlik bo‘limida 2024 yil 14 martdagi №40-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tez tiklanish dasturini qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlar sonini 37,8% dan 20,8% gacha kamaytirishga, shuningdek, statsionarda bemorlarning o‘rtacha qolish muddatini 13,4±0,3 kundan 9,3±0,5 kunga qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tez tiklanish dasturini qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamaytirish va statsionarda qolish muddatini qisqartirish orqali har yili davlat byudjetiga 327,9 million so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: qizilo‘ngach saratonida rekonstruktiv operatsiyalardan so‘ng tez tiklanish dasturini qo‘llash operatsiyadan keyingi erta asoratlar sonini 37,8% dan 20,8% gacha kamaytirishi, bemorlarning erta faollashuvini tezlashtirishi, yotoq kuni sonini qisqartirishi va bemorlarning statsionarda qolish muddatini 3 kunga qisqartirishi orqali, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va davlat byudjetiga har yili 327,9 million so‘m tejashga imkon bergan.
Beshinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach saratonida radikal xirurgik amaliet vaqtida ikki kanalli nazoenteral zonddan foydalangan holda, oshqozon-ichak tizimini adekvat dekompressiyasi va erta enteral oziqlanish hisobiga tez tiklanish va anastomoz etishmovchiligini oldini olish amaliyot bosqichi takomillashtirilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 4 apreldagi №34-sonli buyruq bilan, Samarqand filiali jarrohlik bo‘limida 2024 yil 25 martdagi №16i-sonli buyruq bilan va Buxoro filialidagi jarrohlik bo‘limida 2024 yil 14 martdagi №40-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash-diagnostik algoritmini samarali qo‘llash diagnostika va davolash samaradorligini 77,2% dan 96,5% gacha oshirishga, uch yillik tirik qolish ko‘rsatkichlarini 38,6% dan 55,1% gacha ko‘tarishga hamda diagnostika xatolari va noto‘g‘ri tanlangan davolash taktikalari sonini kamaytirish orqali bemorlarning umumiy yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmini klinik amaliyotga joriy qilish diagnostika va davolash samaradorligini oshirish, residivlar va metastazlar sonini kamaytirish, dori vositalariga sarf-xarajatlarni qisqartirish va bemorlarning statsionarda qolish muddatini kamaytirish orqali davlat byudjetidan har yili 327,9 million so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: qizilo‘ngach saratonida davolash-diagnostik algoritmini samarali qo‘llash diagnostik xatolarni sezilarli kamaytirish, noto‘g‘ri tanlangan davolash taktikalari holatlarini qisqartirish va bemorlarning umumiy yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Diagnostika va davolash samaradorligi 77,2% dan 96,5% gacha oshirilgan, uch yillik tirik qolish ko‘rsatkichlari 38,6% dan 55,1% gacha ko‘tarilgan. Shuningdek, residivlar va metastazlar sonini kamaytirish, dori vositalariga xarajatlarni qisqartirish orqali davlat byudjetiga har yili 327,9 million so‘m tejash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish