Qosimov Rayim Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda g‘ilaylikni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorlik omillarini tahlil qilish va uni hozirgi zamon oftal`mologiya rivojlanishining yutuqlari bilan takomillashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1674.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Tuychibaeva Dilobar Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxamadeev Timur Rafael`evich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
turli xil jarrohlik usullarining samaradorligini o‘rganish va jarrohlik natijalariga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omillarini aniqlash asosida g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni davolash sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylikda nisbiy ehtimollar asosida kasallik davomiyligi (imkoniyatlar nisbati (IN) - 2,3), g‘ilaylikning yuqori dastlabki burchagi 31°dan yuqori (IN - 1,9), bemor yoshi 7 yoshdan katta bo‘lishi (IN - 1,7) va hamroh surunkali kasalliklarning mavjudligi (IN - 1,3) davolash natijasiga ta’sir etuvchi xavf omillari ekanligi isbotlangan;
hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarda 1310 nm to‘lqin uzunligidagi, ikki o‘lchamli skanerlash va yuqori aniqlik qobiliyatiga ega bo‘lgan OKT qo‘llash 16 mkm chuqurlik va 60 mkm kenglikdagi to‘g‘ri ekstraokulyar mushaklarning aniq birikkan joylashuvini aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni jarroxlik davolashda individual xavf omillari asosida g‘ilaylikning qoldiq burchagini olib tashlash bo‘yicha takroriy jarroxlikning oldini olish imkonini beruvchi boshqaruvchi choklar usulini qo‘llashning samaradorligi isbotlangan;
hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfi darajasini kamaytirish va jarroxlik yordam sifatini oshirishga imkon beruvchi olib borish taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda g‘ilaylikni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorlik omillarini tahlil qilish va uni hozirgi zamon oftal`mologiya rivojlanishining yutuq lari bilan takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/88-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylikda nisbiy ehtimollar asosida kasallik davomiyligi (imkoniyatlar nisbati (IN) - 2,3), g‘ilaylikning yuqori dastlabki burchagi 31°dan yuqori (IN - 1,9), bemor yoshi 7 yoshdan katta bo‘lishi (IN - 1,7) va hamroh surunkali kasalliklarning mavjudligi (IN - 1,3) davolash natijasiga ta’sir etuvchi xavf omillari ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Oftalmologiya bo‘limlaridan o‘tgan 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bemorlar tuzilmasida hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylik eng ko‘p tarqalganligi aniqlangan. Xavf omillarini aniqlanib, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarining rejalashtirilishi hamda amalga oshirilishi qaytalanishi oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; № 58-U); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 25) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarda jarrohlik operatsiyasini davolashda mavjud bo‘lgan usullarning samaradorligi haqidagi tushunchalar tahlil etilgan va chuqurlashtirib o‘rganilgan. Bolalarga strabologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish va muqobillashtirish ambulator-poliklinika bosqichida bemorlarga operatsiyadan oldingi va keyingi davrda oftalmologik yordamni ko‘rsatish, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarini yaratish, xavf omillarini va g‘ilaylikni erta aniqlash, jarrohlik yordamini, oftalmologlar, strabologlar, turdosh ixtisoslik shifokorlarini tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, strabologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha yagona respublika standartini yaratish va aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks tadbirlarga asoslangan bo‘lishi lozimligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarda tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari strabologik xizmatni tashkil etishda, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 1112000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 982000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarda 1310 nm to‘lqin uzunligidagi, ikki o‘lchamli skanerlash va yuqori aniqlik qobiliyatiga ega bo‘lgan OKT qo‘llash 16 mkm chuqurlik va 60 mkm kenglikdagi to‘g‘ri ekstraokulyar mushaklarning aniq birikkan joylashuvini aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda OKT usuli, uning noinvazivligi va qulayligi sababli har qanday yoshdagi bolalarni tekshirishda qo‘llanilishi mumkin. OKT usuli ko‘zning aniq ko‘ndalang va bo‘ylama o‘lchamining olish imkonini beradi. Ko‘zning bo‘ylama o‘qi va uning ekvatorini joylashuvi orasida yuqori korrelyasion bog‘liqlik mavjud, r=+0,79±0,2, bu matematik hisob-kitoblar yo‘li bilan g‘ilaylik sababli o‘tkaziladigan operatsiyalar vaqtida aralashuv hajmini aniqlashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; № 58-U); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 25) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda OKT usuli, uning noinvazivligi va qulayligi sababli har qanday yoshdagi bolalarni tekshirishda qo‘llanilishi mumkin. OKT usuli ko‘zning aniq ko‘ndalang va bo‘ylama o‘lchamining olish imkonini beradi, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarning salamatligini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda OKT usuli, uning noinvazivligi va qulayligi sababli har qanday yoshdagi bolalarni tekshirishda qo‘llanilishi mumkinligi, diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarda jarrohlik aralashuvini bir bosqichda amalga oshirish imkonini beradi, bu esa boshqa tekshiruvlarga qatnamaslik hisobiga 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 230000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni jarroxlik davolashda individual xavf omillari asosida g‘ilaylikning qoldiq burchagini olib tashlash bo‘yicha takroriy jarroxlikning oldini olish imkonini beruvchi boshqaruvchi choklar usulini qo‘llashning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda boshqaruvchi choklar usulida g‘ilaylik burchagini tuzatish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazish an’anaviy turdagi operatsiyalar bilan mos keladigan tolerantlik va natijaviylik darajasini ko‘rsatgan. Boshqaruvchi choklar, an’anaviy strabologik operatsiyalar kabi yuz foizlik natijani kafolatlamaydi, lekin rejalashtirilgan korreksiya darajasining kutilayotgan natijalariga (kichik va katta og‘ish burchaklari) nisbatan yuqori darajadagi mavxumligi bo‘lgan bemorlarni davolashda ayniqsa istiqbolliligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; № 58-U); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 25) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylikga ega bo‘lgan bolalarni jarroxlik davolashda boshqaruvchi chok usulini qo‘llashning samaradorligi isbotlangan, bu individual xavf omillariga asoslanib, g‘ilaylik qoldiq burchagini olib tashlash uchun takroriy jarroxlikning oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida etarli samaradan iborat bo‘lgan algoritm ishlab chiqilgan, bu algoritmda ilk bor bola yoshiga qarab profilaktika choralari ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylikga ega bo‘lgan bolalarda boshqaruvchi choklar usulini qo‘llaganda 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 180000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfi darajasini kamaytirish va jarroxlik yordam sifatini oshirishga imkon beruvchi olib borish taktikasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar orasida strabologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish va muqobillashtirish ambulator-poliklinika bosqichida bemorlarga operatsiyadan oldingi va keyingi davrda oftalmologik yordamni ko‘rsatish, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarini yaratish, xavf omillarini va g‘ilaylikni erta aniqlash, jarrohlik yordamini, oftalmologlar, strabologlar, turdosh ixtisoslik shifokorlarini tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, strabologik
yordam ko‘rsatish bo‘yicha yagona respublika standartini yaratish va aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks tadbirlarga asoslangan bo‘lishi lozimligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (30.04.2024 y.; № 58-U); Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy -amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2024y.; № 25) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilaylikga ega bo‘lgan bolalarni yuritish taktikasi ishlab chiqilgan, bu jarroxlikdan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishga xamda jarroxlik yordam sifatini oshirishga va ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: hamkor ichkariga qochuvchi g‘ilayligi bo‘lgan bolalarni olib borish jarralik amaliyotida qo‘llanilishi o‘tkazilgan profilaktika natijalarni yaxshilashga imkon berib, bir nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 350000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.