Xolmurodov Isroil Zavqi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro-Xiva regioni Qandim ko‘tarilmasi terrigen yura yotqiziqlarining kollektorlik xossalari va ularning uglevodorod uyumlari hosil bo‘lishidagi roli», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/GM171.
Ilmiy rahbar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennadievich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Boykobilov Ibroxim Toshpulatovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regioni Qandim ko‘tarilmasi va unga tutash hududlarda yura davri terrigen yotqiziqlari kollektor qatlamlarini petrofizik va filtratsiya-sig‘im xususiyatlarining rolini hamda neft va gazga istiqbolliligi bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori kollektorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan hududlarni ajratish imkonini yaratuvchi Qandim ko‘tarilmasi yura davri terrigen yotqiziqlari kollektor qatlamlarining g‘ovaklik koeffisienti va samarali qalinlik qiymatlarining o‘zgarib borishi va tarqalishi aniqlangan;
Qandim ko‘tarilmasi hududida terrigen yura kesimining qumtosh kollektor qatlamlarida chuqurlik ortib borishi bilan gillilik darajasining miqdori kamayishi isbotlangan;
XVIII va XIX gorizontlarda kollektor qatlamlarning ochiq g‘ovaklik miqdori terrigen yura kesimining tepasida yotuvchi XVII gorizontdagiga nisbatan yuqori foizga ega ekanligi isbotlangan;
Qandim ko‘tarilmasi terrigen yura kesimining ichki tuzilishi va strukturasini tavsiflovchi, neftgazga istiqbolli gorizontlarning kollektorlik xususiyatlarini bashorat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hududiy geologik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Buxoro-Xiva neftgazli regioni Qandim ko‘tarilmasi hududida uglevodorod uyumlarini shakllanishida terrigen yura qatlamlari kollektorlik xususiyatlarining rolini aniqlash natijalari asosida:
Arnakum maydonini yura davrining karbonat va terrigen yotqiziqlari bo‘yicha chuqur burg‘ilashga tayyorlash uchun tayyorlangan ilmiy tavsiya “O‘zbekgeofizika” AJ ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 31 martdagi 08-0753-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gazning 1330 mln. m3 istiqbolli zaxiralariga ega bo‘lgan Arnakum strukturasi chuqur burg‘ilashga tayyorlash imkonini bergan;
Xadicha maydonida XVII, XVIII, XIX gorizontlari tarkibida kollektor-qatlamlarning filtratsiya-sig‘imlilik xususiyatlarini o‘zgarishi modeli asosida 2-sonli izlov qudug‘ini qo‘yish orqali izlov ishlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tayyorlangan ilmiy tavsiya “O‘zbekgeofizika” AJ ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 31 martdagi 08-0753-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilash loyihasiga burg‘ilash eritmasining solishtirma-og‘irlik qiymati 1,03-1,06 g/sm3 dan oshirilmasligi to‘g‘risidagi tuzatma kiritilishi bilan 2-sonli izlov qudug‘ini burg‘ilash uchun qulay joy tanlash imkoni yaratilgan.