Alimova Barno Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Biosurfaktantlarni sintez kiluvchi Rhodococcus avlodiga mansub bakteriyalarning tavsifi», 03.00.04. – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/B206.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynitdinova Lyudmila Ibroximovna, biologiya fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdul`myanova Liliya Il`yasovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning ifloslangan suv va tuproq ekotizimlaridan Rhodococcus turiga mansub bakteriyalar ajratish va ularning biosurfaktantlar sintez qilish qobiliyatini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biosurfaktant sintez qiluvchi mahalliy bakteriyalarni an’anaviy, xemotaksonomik usullar va molekulyar-genetik xususiyatlarini aniqlash asosida Rh.pyridinivorans 2/3/6 va Rh.qingshengii-RQ07 turiga mansubligi aniqlangan, shuningdek, boshqa turlarga nisbatan Rh.pyridinivorants 2/3/6 shtammi tarkibidagi galaktozaning miqdori 5,1 baravarga yuqoriligi hamda yog‘ kislotalariga 1,5 – 2,0 baravar yuqori bo‘lishi asoslangan;
bakteriya shtammlarining barqarorligi, hayotchanligiga va BS sintez qilish faolligiga γ-nurlanish indusirlovchi dozasining ta’sirida Rhodococcus turkumi bakteriyalari 2-4 kGr dan 5 kGr gacha bo‘lgan dozasiga chidamliligi, 10-20 kGr dozalarida nobud bo‘lishi qayd etilgan. Rh.qingshengii -RQ07– 3/2 va M3 Rh.ruber 3/4/3 - 3/1 mutant shtammlarining faolligi tabiiy shtammlarga nisbatan 1,2 -1,5 yuqori ekanligi aniqlangan;
ilk bor tabiiy Rh.qingshengii-RQ07 3/2 va mutant M3 Rh.qingshengii-RQ07 3/2 shtammlarining to‘lik genomli sikvensida olingan mahsulotlarni NCBI ma’lumotlar bazasidagi referens genlar bilan taqqoslanganda mutatsiya natijasida 17 SNP (Single Nucleotide Variant) da genom o‘zgarishlar (mutatsiya) sodir bo‘lganligi, ulardan 14 ta oqsil kodlovchi genda o‘zgarishlar kuzatilgan, 14 mutatsiyadan sakkiztasi kodonning o‘zgarishi natijasida aminokislotalar tarkibi o‘zgargan, qolgan oltitasi esa sinonimik mutatsiyalar bo‘lib, kodonni o‘zgartirsada oqsil tarkibidagi aminokislotalarni almashinuviga olib kelmaganligi asoslangan;
AntiSMASH 7.0 veb-versiyasidan foydalangan holda ikkilamchi metabolit genlar klasterini bashoratlash natijasida M3 Rh.qingshengii-RQ07 3/2 mutant shtammi ikkilamchi metabolitlarni biosintez qiluvchi genlarning 19 klasteri, jumladan, siderofor, bakteriotsin, ribosomal bo‘lmagan peptid sintetaza (RBPS) va ektoin bilan tavsiflanadi. Barcha gen klasterlaridan ε-Poly-L-lysine saqlovchi 4; 7 va 9-hududlarda xloramfenikolga o‘xshash antibiotiklar: korinesin III, korinesin I, korinesin II va ushbu antibiotiklar bilan 100% o‘xshashlikka ega bo‘lgan geterobaktin A/geterobaktin S2 uchrashi aniqlangan;
Rhodococcus faol shtammlar bitum miqdorini hamda optimal BS eritmasi tanlangan va tog‘ jinslarning birlamchi fil`trlash qobiliyatiga ta’siri bitumning BS eritmasi №2 formulasi yordamida 25,5% dan 44,6% gacha siljishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biosurfaktantlarni sintez qiluvchi Rhodococcus turkumiga mansub bakteriyalarning tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nitrilgidrataza faolligi yuqori bo‘lgan Rhodococcus ruber-8/4/1 mahalliy shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan (№ IAP 05723, 28.12.2018 y.). Natijada, faol nitrilgidrataza fermentini hosil qiluvchi shtamm akril kislotasi nitrilini akrilamidga biokonversiya qilish imkonini bergan;
biosurfaktant produsenti bo‘lgan faol shtammlap 16S rPHK nukleotid ketma-ketligi aniqlanib GenBank va National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Rhodococcus qingshengii- RQ07 (OR826574), Rhodococcus pyridinivorans 2/3/6 (OR782205) raqamlar ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2024 yil 16 fevraldagi 4/1255-376 ma’lumotnomaci). Natijada, O‘zbekiston hududidagi neftni qayta ishlash zavodlarining oqova suvlari hamda kon-metallurgiya kombinati qoldiqlari tuproqlarida tarqalgan bakteriya turlarini o‘ziga xosligini aniqlashda hamda ushbu shtammlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini beragan;
faol biosurfaktant sintez qiluvchi mahalliy Rhodococcus avlodiga mansub shtammlaridan Mikrobiologiya institutining MRB-2021-528 raqamli “Atrof-muhitni tozalash uchun yangi biopreparatlarni yaratish maqsadida surfaktant hosil qiluvchi superprodusent mikroorganizmlarning sanoat shtammlarini olish" fundamental loyihasida dizel yoqilg‘isini emulgirlash indeksi va skrining asosida 11 ta Rhodococcus avlodiga mansub shtammlaridan foydalanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2024 yil 11 martdagi 4/1255-550 ma’lumotnomaci). Natijada, Rhodococcus sp. HN4 shtammi bilan 10% BTMMA qo‘shib neftni parchalash natijasida 2 va 4% neft uchun mos ravishda 81 va 78% parchalash darajasini tashkil etgan hamda MZ R.qingshengii- RQ07 3/2 shtammi bilan EB qo‘shib ishlatish natijasida bitumli neftni 100% yuvib chiqarishga erishish mumkinligi imkonini bergan;
Rh.rhodochrous 2/5 va Rh.qingshengii-RQ07 shtammlari Mikrobiologiya institutining A-FA-2021-468 raqamli “Polietilenni parchalaydigan mikroorganizmlarni ajratib olish va ularning ayrim genetik xususiyatlarini tahlil qilish” fundamental loyihasida polietilenni bioparchalanishi aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2024 yil 11 martdagi 4/1255-549 ma’lumotnomaci). Natijada namunalar 190 nm dan 400 nm gacha to‘lqin uzunligida UB-spektrofotometrda tekshirilganda Rh.rhodochrous 2/5 shtammi nazoratga nisbatan 10.67 marta ko‘p organik birikmalar hosil qilgani va Rh.qingshengii-RQ07 shtammi esa 5.89 marta ko‘p aldegid hamda keton guruhlarini hosil qilishi bilan polietilenni degradatsiyasida ishtirok etishini aniqlash imkonini bergan.