O‘rmonov Asqarali Xaydaralievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona botiqligini strukturaviy-tektonik xususiyatlari va kaynozoy yotqiziqlarining neft-gazga istiqbolliligi», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/GM38.
Ilmiy maslahatchi: Bobojonov Toshpo‘lat Lepesovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekgeofizika” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xayitov Odiljon G‘ofurovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Maqsudov Sobitjon Xamidovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona botiqligi kaynozoy erasi yotqiziqlarini geologik tuzilishini aniqlashtirish, strukturaviy-tektonik rayonlashtirish, neft` va gaz uyumlarini izlashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona botiqligining  strukturaviy-tektonik tuzilishi xususiyatlari va kaynozoy yotqiziqlarining neft`-gazga istiqbolligi aniqlangan;  
to‘lqin maydonlarini modellashtirish asosida kaynozoy yotqiziqlarining quyi neogenga tegishli qismidagi to‘lqin qaytaruvchi chegaralarning o‘ziga xos  tabiati isbotlangan;
neft` va gazning tektonik, litologik va stratigrafik cheklangan tutqichlarini seysmorazvedka-3D asosida izlash va aniqlashning mezonlari aniqlangan;
Farg‘ona botiqligining ayrim neft`-gazga istiqbolli maydonlarida paleogen davri gil qatlamlarida uglevodorodlarni qamrab olgan yangi qatlam-kollektorlar aniqlangan;
neft`-gazga oid geologik-qidiruv ishlarining keyingi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash uchun Farg‘ona botiqligining, shu jumladan Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarini ayrim qismlarini o‘z ichiga olgan holda, paleogen yotqiziqlarining V gorizonti ustining strukturaviy-tektonik modeli (xaritasi) ishlab chikilgan;
ilk bor neft`-gaz to‘planadigan va strukturaviy-tektonik zonalarni ajratgan holda paleogen davrining turkiston qatlamlarini yuqori qismi bo‘yicha Farg‘ona botiqligini strukturaviy-tektonik rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqilgan;
antiklinal va noantiklinal turdagi yangi istiqbolli ob’ektlarni izlash, aniqlash va chuqur burg‘ilashga tayyorlash uchun geologik-geofizik usullarning eng maqbul kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona botiqligi kaynozoy yotqiziqlarining strukturaviy-tektonik xususiyatlarini aniqlash va uning neft` gazlilik istiqbollarini ilmiy asoslash bo‘yicha  olingan natijalar asosida:
Markaziy Avval va Sho‘rsuv (Shorsu-IV) konlarida mezozoy va paleozoy yotqiziqlarining ichki tuzilishini va neft` gazliligini o‘rganish  maqsadida parametrik quduqlarni maqbul nuqtalarga joylashtirish “O‘zbekgeftgaz” AJda amaliyotga  joriy qilingan  (O‘zbekgeftgaz” AJning 2023 yil 2 martdagi 04-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘r yotqiziqlarining kesimi, ularning xususiyatlari, neft` va gazga istiqboli, mukammal o‘rganildi. Markaziy Avval maydoni bo‘r yotqiziqlarining XVIII-gorizontidan kuniga 80 ming.m3 miqdorda sanoat miqyosidagi gaz oqimini olish imkonini bergan;
Sharqiy Qashqarqir strukturasida paleogen yotqiziqlarining ichki tuzilishi va neft`-gazliligini o‘rganish maqsadida 2-sonli izlov qudug‘ini optimal joylashtirish “O‘zbekgeftgaz” AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekgeftgaz” AJning 2023 yil 2 martdagi 04-23-son ma’lumotnomasi). Natijada,  quduqni joylashish o‘rni aniqlanib u burg‘ilash rejasiga kiritildi, shuningdek paleogen yotqiziqlarining neft`-gazga istiqbolliligi hamda neft` va gazning yangi uyumlarini ochish imkoniyatlarin baholash imkonini bergan;
Uchtepa koni mel yotqiziqlarining ichki tuzilishi, neft` va gazga istiqbolini o‘rganish maqsadida 8 va 9 izlov quduqlarini joylashtirish "O‘zgeoburneftegaz" AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekneftegaz AJning 2023 yil 2 martdagi 04-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, 8-izlov qudug‘idan bo‘r yotqiziqlarining XVIII gorizontidan kuniga sanoat miqyosidagi 80 ming m3 gaz va 57 tonna kondensat oqimlarini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish