Lyudmila Vyacheslavovna Pakning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston koreyslari nikoh to‘y marosimlari semantikasi va taomillari (an’analar va o‘zgarishlar)” mavzusidagi 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: DSc. 02/30.12.2019. Tar.56.01
Ilmiy rahbar: Valeriy Sergeevich Xan, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘za Ballieva, tarix fanlari doktori, professor.
Shavkat Ataxanov, tarix fanlari nomzodi (O‘sh davlat universiteti).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yashovchi diasporalardan biri bo‘lgan koreyslarning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan to‘y marosimlarini, undagi semantika, marosimlardagi yangiliklarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston koreys diasporasining to‘y marosimlarida Uzoq Sharqdagi pankoreya aholisining 38-parallel bo‘ylab janubiy va shimoliy qismlarga siyosiy bo‘linishidan oldingi relikt madaniy unsurlari saqlanib qolgan bo‘lib, Janubiy Koreya (daraxtlarga, suvga, tog‘larga va hokazolarga animistik sig‘inish) va Shimoliy Koreya (Konfusiylik, Buddizm, Pravoslavlik) an’anaviy e’tiqodlarini o‘z ichiga olganligi isbotlangan;
O‘zbekiston koreyslarining to‘y marosimlaridagi hashamatli va ko‘pchilik bilan to‘y o‘tkazish, O‘zbekiston iqlimiga xos mahsulotlardan to‘y taomlari tayyorlash, to‘ydan keyin kuyovning qarindoshlariga sovg‘alar tarqatish kabi unsurlar o‘zbek aholisi bilan birga yashash sharoitida shakllangan madaniy innovatsiyalar va o‘zlashtirishlar bo‘lgani asoslangan.
Koreyslarning tarixiy vatanida (Janubiy va Shimoliy Koreyada) kundalik hayotda qo‘llanilgan kiyim-kechak (xenbok), taom (imsigi), raqamli qadriyatlar (xaraksi), bosh kiyim va soch turmagi (miri) kabi koreys madaniy ramzlari O‘zbekiston koreyslarining boshqa an’anaviy marosimlarida ham kuzatilishi aniqlangan;
Ijtimoiy izolyasiya va madaniy anʼanalarni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, O‘zbekiston koreyslarining to‘y marosimlari o‘zgarib, kelin libosini tikish, ajdodlar ruhiga sig‘inish, diniy taomlar tayyorlash, yangi turmush qurganlarning ota-ona oilasida yashashi va koreys folklori kabi ko‘plab unsurlari yoʻqotilganligi majburiy ko‘chirilishining ijtimoiy stressi (asoschi effekti), sovet davridagi mafkuraviy bosim va hozirgi bosqichdagi globallashuv jarayonlari tufayli sodir bo‘lgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Koreyslarning nikoh to‘yi marosimi, uning mazmun-mohiyati va udumlarini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar quyidagi amaliy ilovalarda o‘z ifodasini topgan:  
To‘y marosimlarini model sifatida hamda rivojlanayotgan va o‘zgaruvchan tizim sifatida o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalarda nafaqat yangi tafsilotlar, hodisalar, elementlar paydo bo‘ladi, balki ularni moslashtirish va o‘zini o‘zi saqlash mexanizmi takomillashtiriladi va o‘zgaradi. Shuning uchun koreyslarning to‘y marosimlarini o‘rganish, uning obekti model, sxema yoki o‘ziga xos etnik voqelik bo‘lishidan qat'iy nazar, uning chuqurligini ochib berishga yordam beradi xolos va bu Bishkek davlat Universitetining "Madaniyatdagi ramz” loyihasida  (2020 -2021) (№25-8/468 ma’lumotnoma) o‘z aksini topdi. Tadqiqot davomida qo‘lga kiritilgan materiallar koreyslarning to‘y marosimlari va O‘zbekistondagi koreyslarning an’anaviy madaniyatining chuqur qatlamlarini ochib berishga imkon beruvchi usullar haqida tushunchani kengaytirdi.
Grafik va to‘plam nazariyasidan foydalanish, shuningdek, koreys to‘y marosimlarining turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari nafaqat koreyslar, balki Markaziy Osiyo xalqlarining oilaviy marosimlarida ramzlarning makon va zamon, raqamlar, ranglar, to‘y liboslari, sovg‘alar va taomlardagi ahamiyatini ochib berdi va "Madaniyatdagi ramz” loyihasi  (2020 -2021) (№25-8/468 ma’lumotnoma) doirasida taqdim etilgan. Tadqiqotning taqdim etilgan ilmiy natijalari marosim elementlarining semantik mazmunini chuqur tushunishga va ularning o‘zgarishiga yordam bergan ramzning shakllanishi va rivojlanishi tarixini ko‘rsatdi.
Toshkent shahri, Toshkent va qisman Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan so‘rovlar va suhbatlar natijasida olingan ma’lumotlar koreyslarning an’anaviy to‘y marosimlari ijtimoiy va diniy kelib chiqishi turli tarixiy davrlar bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli urf-odat va marosimlar tizimini ifodalashini ko‘rsatdi, bu Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining PZ-20170915198 “Qoraqalpog‘iston jamiyatida ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi: tarix va amaliyot”  amaliy loyihasiga kiritilgan (24.10.2022 sanali №31/1255-2672 ma’lumotnoma). Olingan natijalar O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli xalqlar va diasporalarga xos bo‘lgan urf-odat va marosimlarni saqlab qolish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
To‘y ramzlari an’ana va yangilik ko‘rinishida harakat qilishi mumkinligi haqidagi ilmiy xulosalar koreyslarning to‘y marosimlarida tarkibiy-funksional, semantik va transformasion model sifatida ko‘rib chiqildi. Olingan materiallar va ularning qiyosiy tahlili Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining PZ-20170915198 “Qoraqalpog‘iston jamiyatida ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi: tarix va amaliyot” amaliy loyihasida o‘z aksini topgan (24.10.2022 sanali №31/1255-2672 ma’lumotnoma). Taqdim etilgan ilmiy natijalar koreys to‘y marosimlari nafaqat konservativ ekanligini tushunishga yordam beradi. U rivojlanayotgan va o‘zgaruvchan organizmga o‘xshaydi. Unda nafaqat yangi qism, hodisa va elementlar paydo bo‘ladi, balki ularning o‘zaro ta’sir mexanizmining o‘zi takomillashtiriladi va o‘zgaradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish