Xakimov Zohid Norbo‘taevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida aholi omonatlarining jozibadorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Iqt4639
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tashkent International University huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.22/29.12.2023.I.175.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Jabborov Azamat Alijonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Poytaxt bank AJ
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bank faoliyatida aholi omonatlari jozibadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi omonatlari jozibadorligini oshirish maqsadida omonat qoldig‘iga minimal talab joriy etgan holda banklararo samarador foiz stavkalarda shartlari omonatni to‘ldirish va qisman chiqim qilish kabi omillar asosida engillashtirilgan muddatli omonatlar joriy etish asoslangan.
bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish maqsadida yoshlar, nafaqaxo‘rlar, tadbirkorlar va boshqalar kabi turli aholi guruhlari uchun “har oylik foiz to‘lovi” bilan ta’minlangan maxsus shartlar asosida depozit mahsulotlarini ishlab chiqish taklif etilgan.
banklarda har bir mijozga yo‘naltirilgan shaxsiy omonat takliflarini ishlab chiqish uchun shaxsiy maslahatchi yoki “shaxsiy bankir” xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.
mobil ilovalar orqali aholi omonatlarini onlayn boshqarish, kiberhujumlarga qarshi monitoring tizimini doimiy ravishda yangilab borish va ikki bosqichli biometrik autentifikasiyani joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklaridan aholi omonatlari jozibadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi omonatlari jozibadorligini oshirish maqsadida omonat qoldig‘iga minimal talab joriy etgan holda banklararo samarador foiz stavkalarda shartlari omonatni to‘ldirish va qisman chiqim qilish kabi omillar asosida engillashtirilgan muddatli omonatlar joriy etishga doir taklifi “Turonbank” ATBda jismoniy shaxslar bilan omonat amaliyotlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi tartibning 3 va 7-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 22 noyabrdagi 23/02-715-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB muddatli aholi omonatlari hajmi 2024 yilning 1-sentyabr holatiga kelib 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,38 barobarga oshib 107 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish maqsadida yoshlar, nafaqaxo‘rlar, tadbirkorlar va boshqalar kabi turli aholi guruhlari uchun “har oylik foiz to‘lovi” bilan ta’minlangan maxsus shartlar asosida depozit mahsulotlarini ishlab chiqishga doir taklifi “Turonbank” ATBda jismoniy shaxslar bilan omonat amaliyotlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi tartibning 2 va 9-bandlarini ishlab chiqishda foydalanildi (ATB Turonbankning 2024 yil 22 noyabrdagi 23/02-715-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB da 2024 yilda 5 ta yangi aholi omonat mahsulotlari ishlab chiqildi. 2024 yil 1-sentyabr holatiga kelib jami 14 ta aholi omonat turlari mijozlarga taqdim etildi.
banklarda har bir mijozga yo‘naltirilgan shaxsiy omonat takliflarini ishlab chiqish uchun shaxsiy maslahatchi yoki “shaxsiy bankir” xizmatini yo‘lga qo‘yishga doir taklifi “Turonbank” ATB da aholi omonatlarini jalb qilish va ularni samarali boshqarishga qaratilgan 2025 yildagi rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 22 noyabrdagi 23/02-715-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir mijoz uchun shaxsiy omonat takliflarini (omonatning muddati, summasi va boshqa shartlariga qarab) ishlab chiqish, mijozning omonatlar xavfsizligini doimiy kuzatish va maslaxatlar berish hamda mijozlarining moliyaviy ehtiyojlariga mos xizmatlar taklif qilish imkonini beradi.
mobil ilovalar orqali aholi omonatlarini onlayn boshqarish, kiberhujumlarga qarshi monitoring tizimini doimiy ravishda yangilab borish va ikki bosqichli biometrik autentifikasiyani joriy etishga doir taklifi “Turonbank” ATB Boshqaruvining 2022 yil 10 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turonbank” ATBda jismoniy shaxslarga mobil ilova orqali onlayn omonatlar jalb etish to‘g‘risida”gi tartibning 4 va 10-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 22 noyabrdagi 23/02-715-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB da “MyTuron” mobil ilovasi orqali onlayn aholi omonatlarini jalb qilish hajmi 2024 yilning 1-sentyabr holatiga kelib 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshib 123 mlrd. so‘mni tashkil etdi.