Tangirova Gulchexra Nasridinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish me’yorlari va nitraginning ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx38.

Ilmiy rahbar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Umarov Baxtiyor Raxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Don va don-­­dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda yuqori va sifatli don hosili etishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish me’yori va nitraginning ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soyaning ertapishar Orzu, Medeya, o‘rtaertapishar Izumrud va o‘rtapishar Uzbekskaya-2, Do‘stlik navlarining ekish me’yorlari hamda nitragin shtammining ta’siri aniqlangan;

o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida soya navlari uchun maqbul ekish me’yorlari ishlab chiqilgan;

soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish me’yorlari va nitraginning ta’siri aniqlangan;

soya navlarini ekish me’yorlari va nitragin shtammini qo‘llashning o‘simlik barg sathi o‘zgarishi, transpiratsiya jadalligi, tugunaklar hosil bo‘lish dinamikasi va donning kimyoviy tarkibiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish me’yorlari va nitraginning ta’siri borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun soya navlaridan yuqori, sifatli ekologik toza don hosili etishtirish va agrotexnologiyalari bo‘yicha “Soyaning tuproq hosildorligini oshirishdagi o‘rni”, “O‘zbekistonda soya etishtirish” va “Soya agrotexnikasi” bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/02-9-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

o‘tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida soya navlarini etishtirishda gektariga 80 kg me’yorda ekish va urug‘larni ekishdan oldin Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasida tayyorlangan 500 m/l nitragin-137 shtammini + 500-800 m/l suvga aralashtirilib, ishlov berib ekish texnologiyasi Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumani Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy elita davlat xo‘jaligi (IEDX) dalalarida 10,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/02-9-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida maqbul ekish me’yori va nitragin ta’sirida gektaridan 3-5 sentner qo‘shimcha don hosili olingan.

tipik bo‘z tuproqlar sharoitida soya navlarini etishtirishda ekish me’yori 80 kg/ga va nitragin-137 shtammini qo‘llash texnologiyasi  Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Beshbola”  fermer xo‘jaligidagi 7,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/02-9-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida don hosildorligi gektariga 18,8-26,2 sentner, rentabellik darajasi 24,1-32,0 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish