Xushvaqtov Husan Ochilbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun aholi ko‘chirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli (1946–1970 yy)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD /Tar162.

Ilmiy rahbar: Musaev Nuriddin Umrzoqovich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

II. Tadqiqotning maqsadi: Mirzacho‘l hududlarida yangi erlarni o‘zlashtirish uchun 1946–1970 yillarda viloyatlardan  aholi ko‘chirilishi jarayonlari, ko‘chirilgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ma’naviy-ma’rifiy hayoti hamda bu erda vujudga kelgan ekologik muhitning qibatlarini ochib berishdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

1946–1970 yillarda sovet hokimiyatining Mirzacho‘lni o‘zlashtirish maqsadida boshqa viloyatlardan aholini ko‘chirish siyosatining “ixtiyoriy-majburiy”lik xususiyatlari yoritilgan;

aholini tashkiliy ravishda ko‘chirishning aniq mexanizmi ishlab chiqilmaganligi, zarur tayyorgarliksiz Mirzacho‘lga shoshma-shosharlik bilan ko‘chirilgan aholining uzoq yillar davomida uy-joy bilan ta’minlanmaganligi, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi ochib berilgan;

hukumat organlari tomonidan ko‘chirilgan aholini kasbiga qarab ish va nafaqa bilan ta’minlash ishlarini rasmiylashtirish bir me’yorda olib borilmaganligi, mehnatkash aholining belgilangan imtiyozlardan etarli darajada foydalana olmaganligi  sabablari aniqlangan;

ko‘chirilgan aholining qo‘nimsizligi yillar davomida yuqori darajada bo‘lganligi sabablari, hukumatning bu borada amalga oshirilgan tadbirlari etarli samara bermaganligi isbotlagan;

Mirzacho‘lni o‘zlashtirish ishlarining ekstensiv xarakteri, ilmiy asos va tajribaga ega bo‘lmasdan olib borilgan irrigatsiya va melioratsiya ishlarining ekologik muhitga ta’siri ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

1946–1970 yillardaMirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun aholi ko‘chirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga doir ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:

Mirzacho‘lni o‘zlashtirishning yanada kuchaytirilishi, aholini ko‘chirish harakatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ko‘chirilgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti yuzasidan olingan ilmiy natijalardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Sharof Rashidov filiali eksponatlarini kengaytirish va yangi materiallar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 01-11-08-3893-son ma’lumotnomasi). Bunda yangi erlarni o‘zlashtirishda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi muzeyga tashrif buyuruvchilarda katta taasurot qoldirgan;

Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi, paxta ekin maydonlarining kengaytirilishi va uning oqibatida xududda ekologik vaziyatning o‘zgarishi yangi o‘zlashtirilgan hududlarga ko‘chirilgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining X-bobi “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlash” qismining 67 bandida belgilangan “Bir oilada ezgu maqsadlar sari” shiori ostidagi targ‘ibotni tashkil etish vazifalari ijrosini ta’minlashda faydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 24 iyuldagi 01-09-895-18-son ma’lumotnomasi). Unda Mirzacho‘lga ko‘chirilgan turli millat vakillarining mehnat jarayonida o‘zaro yaqinlashuvlari, baynalmilal oilalar qurilishi sharoitlari yoritilgan;

O‘zbekistonda qo‘riq va bo‘z erlarning o‘zlashtirilishi va bu xududlarni ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadida viloyatlardan aholining ko‘chirilishi va ko‘chirilgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy–madaniy hayoti haqidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-2199-son ma’lumotnomasi). Bunda sovet davrida O‘zbekistonda agrar munosabatlar masalalarini yangi faktlar asosida boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish