Xaydarov Safarboy Abdirashitovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon havzasi daryolari suv resurslarining shakllanishiga iqlimiy omillarning ta’sirini baholash», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/G21.

Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya xizmati markazi Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.

Rasmiy opponentlar: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Salimova Barno Djamalovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi oqimining hosil bo‘lishiga iqlimiy omillarning ta’sir etish xususiyatlarini aniqlash hamda daryo suv resurslarini iqlim o‘zgarishi sharoitida baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Zarafshon daryosi oqimining yillararo miqdoriy tebranishi hamda o‘zgaruvchanligining atmosfera yog‘inlari va havo haroratiga genetik bog‘liqligi aniqlangan;

daryo oqimi asosiy ko‘rsatkichlarining yil davomida oylar bo‘yicha o‘zgarish xususiyatlari bazaviy iqlimiy davr uchun baholangan;

daryo oqimi bilan meteorologik omillar o‘rtasidagi ko‘p xadli bog‘lanishlarning normallashtirilgan regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan, ular asosida hisoblash va prognozlash nomogrammalari yaratilgan;

iqlimning kelajakdagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda, Zarafshon daryosi suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zarafshon havzasi daryolari suv resurslarining shakllanishiga iqlimiy omillarning ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Zarafshon daryosi oqimining yillararo tebranishi va o‘zgaruvchanligini iqlimiy omillarga bog‘liqligi, ularning tahlili asosida berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil   6 apreldagi 02/30-211-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlari, jumladan, suv sarfi va oqim hajmlari aniqlashtirilgan va bu holat daryo oqimini viloyatlar, tumanlar va ularga suv keltiradigan kanallar bo‘yicha taqsimlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

daryo oqimi ko‘rsatkichlarining yil davomida oylar bo‘yicha o‘zgarish xususiyatlarining bazaviy iqlimiy davr uchun olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 2/30-211-son ma’lumotnomasi). Natijada ular suv taqsimlash inshootlarini ekspluatatsiya qilishda zarur bo‘lgan suv xo‘jaligi hisoblashlarida manba sifatida foydalanish, suv taqsimlash inshootlarini ekspluatatsiya qilishda samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan;

daryo oqimi miqdorining meteorologik omillarga, jumladan, atmosfera yog‘inlari va yozgi havo haroratiga bog‘liqligini statistik baholash natijalari asosida tuzilgan hisoblash nomogrammalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Samarqand viloyatida Zarafshon daryosi oqimidan foydalanishga qaratilgan yillik rejalarni tuzishda qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 02/30-211-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat miqyosida Zarafshon daryosi suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;

Zarafshon daryosi suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan, iqlimning kelajakdagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda, samarali foydalanish bo‘yicha berilgan ilmiy asoslangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida daryo suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 25 iyuldagi 03-03/2-3173-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon daryosi suv resurslaridan foydalanib, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish