Allayarov Fozliddin Amonullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish amaliyotini takomillashtirish». 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt330.

Ilmiy rahbar: Abdugafarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.   

Rasmiy opponentlar: Bobakulov Tulkin Ibadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘oyibnazarov Baxodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida pul munosabatlarini ekonometrik modellashtirish asosida tartibga solish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pul muomalasini tartibga solishning monetar instrumentlarini pul-kredit siyosati maqsadlari, oraliq orientirlari hamda amalga oshirish vositalari o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida tanlash usuli ishlab chiqilgan;

pul massasiga ta’sir qiluvchi inflyasiya, yalpi ichki mahsulot hajmi va pul massasi o‘zgarishi tendensiyalari omillarini baholash orqali prognoz qiymatlarining oraliq intervallarini prognozlash usuli (noaniq sonlar nazariyasi) orqali takomillashtirilgan;

qisqa va o‘rta davrlarda muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashda pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanat nuqtalarining siljishi tendensiyalarini baholash natijalaridan foydalanish taklifi asoslangan;

pul massasining YaIMga nisbatan elastikligini aniqlash yo‘li bilan pullar taklifiga ta’sir qiluvchi omillarning pul massasini o‘sish sur’atiga ta’sir darajasini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 Pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

monetar dastaklarni pul-kredit siyosati maqsadlari, oraliq mo‘ljallari hamda ularni amalga oshirish vositalari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida tanlash usulidan Markaziy bank tomonidan pul muomalasini tartibga solishda monetar dastaklarning salmog‘ini baholash amaliyotida, tijorat banklari tomonidan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish hamda kredit portfeli sifatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 5 sentyabrdagi 08-12/257-son, ATB “Agrobank”ning 2018 yil 17 oktyabrdagi 20-1-18/1490-son ma’lumotnomalar). Buning natijasida pul-kredit siyosati oldiga qo‘yilgan maqsadni bajarilishiga mos keladigan dastaklarni tanlash imkoniyati yaratilgan;

pul massasiga ta’sir qiluvchi omillarni ekonometrik modellar asosida baholash orqali prognoz qiymatlarining oraliq intervallarini aniqlash usulidan Markaziy bank hamda tijorat banklari tomonidan pul massasining o‘sish sur’atini prognozlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 5 sentyabrdagi 08-12/257-son, ATB “Agrobank”ning 2018 yil 17 oktyabrdagi 20-1-18/1490-son ma’lumotnomalar). Buning natijasida pul massasi prognoz qiymatlarining quyi, yuqori va ehtimolli darajalari aniqlangan;

qisqa va o‘rta davrlarda muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashda pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanat nuqtalarining siljishi tendensiyalaridan Markaziy bank hamda tijorat banklari tomonidan inflyasiya darajasining o‘zgarishi sharoitida pulga bo‘lgan talabni prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 5 sentyabrdagi 08-12/257-son, ATB “Agrobank”ning 2018 yil 17 oktyabrdagi 20-1-18/1490-son ma’lumotnomalar). Buning natijasida inflyasiya darajasining o‘zgarishi sharoitida yilning kvartallari, kvartal oylari, oy haftalari bo‘yicha pulga bo‘lgan talab va taklifni moslashtiruvi miqdorlari hamda banklarning pul oqimlarini barqarorlashtiruvchi pulga bo‘lgan talabning prognoz qiymatlari aniqlangan;

pul massasining YaIMga nisbatan elastikligini aniqlash yo‘li bilan pul taklifiga ta’sir qiluvchi omillarning pul massasini o‘sish sur’atiga ta’sir darajasini baholash uslubiyotini takomillashtirish mexanizmidan Markaziy bank hamda tijorat banklari tomonidan pul taklifiga ta’sir qiluvchi omillarning pul massasining o‘sish sur’atiga ta’sir darajasini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 5 sentyabrdagi 08-12/257-son, ATB “Agrobank”ning 2018 yil 17 oktyabrdagi 20-1-18/1490-son ma’lumotnomalar). Buning natijasida YaIMning o‘sish sur’atiga mos keladigan pul massasi miqdorini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish