Nazarova Barno Alijon Xoji qizining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalash», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped32.

Ilmiy maslahatchi: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muslimov Narzullo Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida tadqiqotchilik layoqatini  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalash  modeli o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini oshirish omillari asosida takomillashtirilgan; 

talabalarning tadqiqotchilik layoqatini aniqlashtirish va bashoratlash dinamikasini kuzatib borish imkonini beruvchi axborot-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;

o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga qaratilgan maxsus kurs dasturi ishlab chiqilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik layoqatini rivojlantirishning didaktik va texnologik imkoniyatlari o‘quv jarayonini individuallashtirish, mustaqil ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy motivatsion faoliyatning, yaratuvchanlik, analitik va sintetik tafakkur parametrlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;

motivatsion va kognitiv omillari majmuini hisobga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativlik qobiliyatlarini innovatsion yo‘nalishda va moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha (interfaol o‘qitish, reproduktiv-tavakkalchilik, ijodiy-izlanish va novatorlik) tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik va   tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:

talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga doir tayanch, fanlararo va xususiy kompetensiyalar “110000-Pedagogika”  bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (“O‘zstandart” agentligi tomonidan  2015 yil 22 iyulda tasdiqlanib, 36-1998-son raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan). Natijada talabalarning kreativlik salohiyatini rivojlantirish mazmun-mohiyati takomillashtirilib, interfaol ta’lim metodlari va  texnologiyalari vositasida ularda tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;

talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari va interaksion omillarini tadqiq etish asosida interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari yordamida talabalarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini tashxislash va rivojlantirish metodikasi hamda tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalash modeli Toshkent davlat pedagogika universitetida joriy qilingan (Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2017  yil  1 dekabrdagi  89-03-2637-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik layoqatini tarbiyalashni takomillashtirishga qaratilgan modulli tizim hamda pedagogik faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik layoqatini rivojlantirishning  didaktik va texnologik imkoniyatlari (o‘quv jarayonini individuallashtirish, mustaqil ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish) o‘zini o‘zi baholash va individual rivojlantiruvchi treninglar tashkil qilishda (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil 1 dekabrdagi 89-03-2637-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada mazkur takliflar bo‘lajak o‘qituvchi-pedagog kadrlarning kreativlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;

o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga qaratilgan maxsus kurs dasturi YuNISEFning  “Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya moduli asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (PK №00077, 06.07.2015–2017 yy.) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil 1 dekabrdagi 89-03-2637-son ma’lumotnomasi). Maxsus kurs asosida talabalarning ilmiy dunyoqarashlari, ilmiy ijodiy faoliyati shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish