Eshpulatov Erkinbek Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik korxonalar faoliyatini statistik hisobga olish usullarini takomillashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1690.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm korxonalar statistik hisobga olish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik korxonalar faoliyatini statistik hisobga olish usullari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turizm sohasining umumiy holati haqida to‘g‘ri ma’lumot olish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va prognoz qilish maqsadida turizm sohasidagi korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yig‘ish, tahlil qilish va baholash uchun ishlatiladigan usullar majmui jihatidan takomillashtirilgan;
migratsiya xizmatlarining chegarada ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi (MX = 0,62), turar joy obektlarining statistik hisoboti tizimi (TJ = 0,17), bank ma’lumotlari
(BM = 0,12), maxsus o‘tkaziladigan anketa so‘rovnomalari (AS = 0,09) orqali ma’lumotlarni yig‘ish usuli o‘rtasidagi maqbul mutanosiblikni ta’minlash orqali turistik oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni takomillashtirish asoslangan;
xalqaro tajribalar va tavsiyalardan kelib chiqqan holda turizm sohasi faoliyatini baholovchi statistik axborotlar bazasini qisman kuzatish usullari (anketa so‘rovnomasi, monografik kuzatish, asosiy massivni kuzatish, tanlanma kuzatish)ni qo‘llash hisobiga kengaytirish asosida yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda turizm korxonalari faoliyatini rivojlanish tendensiyalari, bozor konyunkturasi va turizm sektoridagi talabning mavsumiy tebranishlari asosida turizm infratuzilmasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik korxonalar faoliyatini statistik hisobga olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik korxonalar faoliyatini statistik hisobga olish usullari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turizm sohasining umumiy holati haqida to‘g‘ri ma’lumot olish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va prognoz qilish maqsadida turizm sohasidagi korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yig‘ish, tahlil qilish va baholash uchun ishlatiladigan usullar majmui jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2019-yil 4-oktabrdagi 892-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “turizm sohasidagi korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yig‘ish, tahlil qilish va baholash uchun ishlatiladigan usullar majmui jihatidan takomillashtirilgan “turistik korxonalar faoliyatini statistik hisobga olish usullari” tushunchasining iqtisodiy mazmuniga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
migratsiya xizmatlarining chegarada ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi (MX = 0,62), turar joy obektlarining statistik hisoboti tizimi (TJ = 0,17), bank ma’lumotlari
(BM = 0,12), maxsus o‘tkaziladigan anketa so‘rovnomalari (AS = 0,09) orqali ma’lumotlarni yig‘ish usuli o‘rtasidagi maqbul mutanosiblikni ta’minlash orqali turistik oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-avgustdagi
02-12-17-4888-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi milliy hisoblar standartlari asosida turizm yordamchi hisobini yuritish, ularning axborotlar bazasini takomillashtirish imkonini yaratgan;
xalqaro tajribalar va tavsiyalardan kelib chiqqan holda turizm sohasi faoliyatini baholovchi statistik axborotlar bazasini qisman kuzatish usullari (anketa so‘rovnomasi, monografik kuzatish, asosiy massivni kuzatish, tanlanma kuzatish)ni qo‘llash hisobiga kengaytirish asosida takomillashtirilgan yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 2-avgustdagi 02-12-17-4888-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi turizm statistikasini kengaytirilgan holda qiyosiy baholash va kompleks tahlil qilish imkoniyatlarini oshirgan;
O‘zbekistonda turizm korxonalari faoliyatini rivojlanish tendensiyalari, bozor konyunkturasi va turizm sektoridagi talabning mavsumiy tebranishlari asosida turizm infratuzilmasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining
2024-yil 2-avgustdagi 02-12-17-4888-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi turizm korxonalari faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini baholashga imkon yaratgan.