Ixtiyarov Mirzo Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Davlat boshqaruvida telekanallardagi sog‘lom raqobatni rivojlantirishning ijtimoiy falsafiy masalalari”  09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal627
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Gulnoza Sabirovna falsafa fanlari doktori, professor.
Tog‘aev Nodir Ergashevich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat va nodavlat telekanallariga tomoshabinlarni jalb qilish orqali raqobat salohiyatiga ega bo‘lish va telekanallardagi sog‘lom raqobatni rivojlantirishning ijtimoiy falsafiy muhitini yaratish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xolislik, shaffoflik va ochiqlik,  qadriyatlarga moslik prinsiplarini o‘zida ifodalagan televidenie  kontentining inson ongi va his-tuyg‘usiga ijobiy ta’siri germenevtik tahlil asosida dalillangan;
telejurnalistika sohasida aksiologik va gnoseologik yondashuvning ustuvorlashuvi raqobatning ta’sirchanlik, auditoriya qamrovini  oshirish tamoyillaridan foydalanish tomoshabinlarni dunyoni anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda birlamchi omil ekanligi  asoslangan;
jamiyatdagi integratsiyalashuv  va koevolyusiyalashuvning  falsafiy g‘oya va  maqsadlarni  samarali amalga oshirishdagi jihatlari  xorijiy va milliy tajribalar asosida qiyosiy o‘rganilib, empirik materiallar asosida  isbotlangan;
davlat va nodavlat telekanallari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining  axborot etkazish, tahlil qilish va jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi dinamikasi davlat va jamiyat boshqaruvidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan determinantligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat boshqaruvida telekanallardagi sog‘lom raqobatni rivojlantirishning ijtimoiy falsafiy masalalari doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xolislik, shaffoflik va ochiqlik,  qadriyatlarga moslik prinsiplarini o‘zida ifodalagan televidenie kontentining inson ongi va his-tuyg‘usiga ijobiy ta’siri germenevtik tahlil asosida dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi” nomli PZ-20170928696-raqamli amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 23-yanvardagi 04/11-732-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur grant loyihasini samarali amalga oshirish va O‘zbekistonda barcha sohalarda kechayotgan xalqchil islohotlar mazmunini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, jamiyatdagi yangilanish va o‘zgarishlarni ochiq va xolis yoritishga xizmat qilgan;
telejurnalistika sohasida aksiologik va gnoseologik yondashuvning ustuvorlashuvi raqobatning ta’sirchanlik, auditoriya qamrovini oshirish tamoyillaridan foydalanish tomoshabinlarni dunyoni anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda birlamchi omil ekanligiga oid ilmiy asoslangan yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli I-204-4-5-raqamli innovatsion tadqiqot loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 17-noyabrdagi 1104/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalarilariga oid faoliyatni rivojlantirishga doir vazifalarni belgilab olishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
jamiyatdagi integratsiyalashuv  va koevolyusiyalashuvning  falsafiy g‘oya va  maqsadlarni  samarali amalga oshirishdagi jihatlari  xorijiy va milliy tajribalar asosida qiyosiy o‘rganilib, empirik materiallar asosida  isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan  O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasining “Yosh jurnalistlar mahorat maktabi” loyihasini va “Ommaviy axborot vositalarida xolislik va haqqoniylik mas’uliyati” mavzusidagi jurnalist-kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining 2023-yil 15-noyabrdagi 02-18-327-son ma’lumotnomasi). Natijada, jurnalist  kadrlarning  sohaga oid bilimlarini boyitishga, davlat va jamiyat boshqaruvida ommaviy axborot vositalarining o‘rni haqidagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat va nodavlat telekanallari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining  axborot etkazish, tahlil qilish va jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi dinamikasi davlat va jamiyat boshqaruvidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan determinantligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousi senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 13-noyabrdagi 02-15-1700-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarni xolis, shaffof va ochiq, qadriyatlarga mos tarzda tayyorlash davlat va jamiyat boshqaruviga xizmat qiladigan falsafiy g‘oyalarni targ‘ib qilish, shuningdek, tomoshabinlar auditoriyasini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish