Yokubbaev Anasxon Akmalxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “TiO2 asosli ko‘p qatlamli quyosh elementlarini samaradorligiga tabiiy bo‘yoq va elektrolitni ta’siri” 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM479
Ilmiy rahbar: Abdukarimov Abdullaziz Abdubannoevich, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich – Andijon davlat universiteti akademik Fizika kafedrasi professori f.-m.f.d.; Arzikulov Eshkuvat Ulashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: TiO2 yarimo‘tkazgichli qatlamdan iborat ko‘p qatlamli quyosh elementlarining elektrofizik, fotoelektrik xarakteristikalari hamda ularni bo‘yoq turiga bog‘liqligini tadqiq qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor TiO2 yarimo‘tkazgichdan iborat ko‘p qatlamli quyosh elemenlari tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi bo‘yoq turi hamda elektrolit tarkibiga bog‘liqligini aniqlangan;
TiO2 yarimo‘tkazgichdan iborat ko‘p qatlamli quyosh elemenlarida elektrolitning ion o‘tkazuvchanligi σ, zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi n, harakatchanligi μ, diffuziya koeffisienti D aniqlangan;
TiO2 yarimo‘tkazgichdan iborat ko‘p qatlamli quyosh elemenlari fotoanodining ta’qiqlangan zona kengligini tabiiy bo‘yoqlardan foydalinib 1.8eV va 1,74 eV qiymatlariga ega ekanligini Taus metodi orqali aniqlangan;
TiO2 yarimo‘tkazgichli iborat ko‘p qatlamli quyosh elementi uchun foydalanilgan tabiiy bo‘yoqlarning nur yutish diapozoni aniqlangan;
Organik yarimo‘tkazgichli quyosh elementlarida gel polimer elektrolit asosli DSSC larining fotoelektrik xarakteristikalari, qizil karam tabiiy extraktidan tayyorlangan namunada samaradorligi eng yuqori bo‘lib 2.46 % ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. TiO2 yarimo‘tkazgichli qatlamdan iborat ko‘p qatlamli quyosh elementlarini fotogalvanik xarakteristikalarini va ularni tayyorlash usulini tadqiq qilish asosida:
elektrokimyoviy impedans spektroskopiya usulida olingan natijalardan suyuq elektrolitlar, kondensatlangan tuzlar, ion o‘tkazuvchi polimerlar va shishalarning ion o‘tkazuvchanligini aniqlashda va ulardagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi, harakatchanligi hamda diffuziya koeffisientini hisoblashda “Foton” aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli elektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 2023-yil 1-avgustdagi 04-3/1017 son ma’lumotnomasi). Natijada tajribaviy fotoelement tarkibida tabiiy bo‘yoq va elektrolit qismlarining o‘tkazuvchanlik tavsiflari turli temperatura ta’sirida zamonaviy texnologiyalar asosida fotoelementlarning foydali ish koeffisientini orttirishga, jumladan, iqtisodiy arzon va ekologik bezarar materiallardan foydalanishga imkon yaratilgan.
shuningdek TiO2 yarimo‘kazgich asosli yuqori sezgir tabiiy bo‘yoqli quyosh elementlarining elektrofizik va optik parametrlarini Tetrobuteliyammoniyyodid tuzi konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liqligi borasidagi tadqiqot natijalaridan Malayziyaning Malaya universiteti “Ion markazi” ilmiy laboratoriyasida DSSClarning xarakteristikalarini tadqiq etishda foydalanilgan. (“MALAYa” universitetining 07.10.2024 yildagi 071024 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada. belgilangan miqdordagi tabiiy bo‘yoq kirishmalari kiritish orqali yarimo‘tkazgich qatlamning ta’qiqlangan soha kengligini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lib qurilmalarni ishchi muhitiga moslashtirish va turli tashqi ta’sirlarga chidamliligini aniqlash imkoniyatini bergan.