Xolmirzaev Oybek To‘ramirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Amorf krimniyning nuqsonlarda yutilish spektrlari va elektron holatlar zichligi » 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1039
Ilmiy rahbar: Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Gofurjon, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustamjon Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarga xos bo‘lgan nuqsonlardagi elektron holatlari ishtirokidagi optik o‘tishlari uchun yutilish koeffisenti spektral xarakteristikalarining analitik ifodalarini fizik asoslash va bu spektrlardan foydalanib nuqsonlardagi elektron holatlari zichligi taqsimotini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish koeffisenti spektral xarakteristikalarini Kubo-Grinvud formulasi yordamida Devis-Mott yaqinlashish usuli bilan nuqsonlarda yutilish spektrlarini hisoblash imkoniyati ochib berilgan;
birinchi marta nuqsonlarda yutilish spektri uchun yoziladigan Kubo-Grinvud formulasidagi integralni aniq integral ko‘rinishida yozib, bu formulani yutilgan fotonlarni energiyasiga bog‘liq holda, ajratib yozish usuli taklif qilingan;
birinchi marta nuqsonlar (uzilgan bog‘lanishlar) da yutilish koeffisenti spektrlarini analitik ifodalari keltirib chiqarilgan va bu spektrni qiymatlari ruxsat etilgan zonalardagi elektron holatlari zichligi taqsimoti bilan aniqlanishi ko‘rsatilgan;
ilk bora amorf gidrogenizatsiyalangan kremniyni tajribalardan aniqlangan nuqsonlarda yutilish spektridan foydalanib, nuqsonlardagi elektron holatlari zichligi taqsimotini aniqlash usuli taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amorf kremniyning nuqsonlarda yutilish spektrlari va nuqsonlardagi elektron holatlar zichligi uchun olingan natijalar asosida:
Gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish koeffisenti spektral xarakteristikalarini Kubo-Grinvud formulasi yordamida Devis-Mott yaqinlashish usuli bilan nuqsonlarda yutilish spektrlarini hisoblash imkoniyati ochib berilgan yangi usullaridan «Foton» aksiyadorlik jamiyatida amorf yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanildi («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 5 iyundagi 117-son ma’lumotnomasi). “Foton” aksionerlik jamiyatida olib borilgan ilmiy izlanishlarda ko‘rsatilgan natijalar asosida namunalar ishlab chiqishga erishilgan;
amorf kremniyning nuqsonlarda yutilish spektrlari va nuqsonlardagi elektron holatlar zichligi natijalaridan Malayziyaning “Putra ” universiteti ION markazi ilmiy laboratoriyasida yangi turdagi organik quyosh elementlari (DSSC) ning fotoelektrik parametrlarini hisoblashda qo‘llanilishi mumkinligi aniqlandi. Hisob-kitoblar tajriba natijalari bilan mos kelishi kuzatildi. (Malayziya respublikasi “Universiti Putra Malaysia”. 2024-yi 15-avgustdagi Q.M.S 00794 (R) sonli ma’lumotnomasi) Natijada amorf yarimo‘tkazgichli (fotodiod, fototranzistor, fototiristor va quyosh batareyasi) namunalari yasalgan va ularning tashqi muhit ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish mumkin ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish