Mahmutxonov Sultonxo‘ja Komolxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr yoy pechida po‘lat eritish jarayoni energiya samadorligini oshirish (“Li Da Metall technology” korxonasi misolida)”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T476.
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Po‘latov Abror Obidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektrda po‘lat eritish pechlarining tarmoq va qurilmalar ish rejimlariga yuqori garmonikalar ta’sirini kamaytirish asosida elektrda po‘lat eritish jarayoni energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nochiziqli elektr istemolchilarning ish rejimlarini tadqiq qilish asosida umumiy ulanish nuqtasida ularning kuchlanish egri chizig‘i buzilishiga ta’sirini baholovchi foydalilik koeffisienti taklif etilgan;
elektr yoy pechining eritish jarayonida nochiziqli elektr yoyi qarshiligi o‘zgarishini aniqlashning matematik modeli eritish jarayonining yonish kuchlanishi, toki hamda xarakterli vaqtini hisobga olgan holda yoyning yonish davrlari kesimida ishlab chiqilgan;
elektr yoyi qarshiligining o‘zgarish xususiyatlarini hisobga olgan holda DSP-30 pechi rejimlarini tadqiq qilish imkonini beruvchi dinamik model o‘zgaruvchan tok yoyining volt-amper xarakteristikasi bo‘yicha model adekvatliligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
elektrda po‘lat eritish jarayonining texnologik xususiyatini hisobga olgan holda umumiy ulanish nuqtasidagi isteʼmolchilarning ta’sir koeffisientini aniqlash va filtr zanjiriga qo‘shimcha shunt qarshiligini kiritish orqali yuqori garmonika kuch filtrlari elementlarini tanlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr yoy pechida po‘lat eritish jarayoni energiya samadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy ulanish nuqtasida ularning kuchlanish egri chizig‘i buzilishiga ta’sirini baholovchi foydalilik koeffisienti “Li Da Metal technology” qo‘shma korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 21-noyabrdagi 01/02-01-01151-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy ulanish nuqtasiga ulangan isteʼmolchilarning guruhiy holatda emas, balki xususiy holatda ta’sirini aniqlash imkoni yaratilib, mavjud usullar bilan taqqoslanganda hisoblash aniqligini 3 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
elektr yoy pechining eritish jarayonida nochiziqli elektr yoyi qarshiligi o‘zgarishini aniqlashning matematik modeli “Li Da Metall technology” QKga joriy etilgan (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 21-noyabrdagi 01/02-01-01151-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonning yonish va nominal kuchlanishi, toki hamda harakterli vaqti qiymatlari berilgan holatda eksperimental ma’lumotlarga yaqin xolatdagi ko‘rsatkichlarni matematik modellashtirish imkoniyati yaratildi va matematik hamda eksperimental modellar orasidagi hatolik 3,5% tashkil etib, bu yaratilgan modelning adekvatligini asoslash imkoniyati yaratilgan;
yuqori garmonika kuch filtrlari elementlarini tanlash usuli “Li Da Metall technology” QKga joriy etilgan (“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 21-noyabrdagi 01/02-01-01151-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori garmonikalar ta’siridagi quvvat isrofini kamaytirish hisobiga mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma sarf ko‘rsatkichi 1 tonna po‘lat uchun 0,3% ga kamayib, bir yilda 151 496 342 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan.