Husanov Baxtiyor Meyliqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3940.
Ilmiy rahbar: Usmanov Eldar Ganievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Shuxrat Badreddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Past kuchlanishli elektr tarmoqlarida elektr energiyasi isroflarini kamaytirish asosida energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past kuchlanishli elektr tarmoqlari iste’molchilarida kuchlanishning nominal qiymatini ta’minlash mezoni asosida kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilmaning boshqaruv tizimi sxemasi yarim o‘tkazgichlarning ish rejimlarini boshqarishda parallel tebranish konturi xususiyatini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
 kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilmani maqbul o‘rnatish joyini hisoblash usuli va algoritmi ta’minlovchi liniyada iste’molchilar yuklamasining o‘zgarishini va bir vaqtda ishlash koeffisientini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanishning nominal qiymatidan keng oralig‘da og‘ishi rejimiga bog‘liq holda  kirish kuchlanishi qiymatidan kelib chiqib, chiqish kuchlanishi qiymatini me’yoriy qiymatda ta’minlash imkonini beruvchi kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmasi boshqaruv tizimining imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilma parametrlarini aniqlashning matematik modeli va algoritmi past kuchlanishli elektr tarmoqlarining kuchlanishi, quvvat va foydali ish koeffisientlari, tarmoqning o‘tkazuvchanligi va tokning zichligi ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruv tizimi takomillashtirilgan sxemasi asosidagi kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilma “Yakkabog‘ tuman elektr tarmoqlari” korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2024-yil 19-noyabrdagi 01-02-08-1712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada past kuchlanishli elektr tarmoqlari iste’molchilaridagi kuchlanishni avtomatik silliq rostlash hisobiga past kuchlanishli elektr tarmoqlari korxonaning yil davomidagi minimal ish rejimlarida 265974,4 kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratilgan;
kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilma parametrlarini aniqlashning matematik modeli va algoritmi “Yakkabog‘ tuman elektr tarmoqlari“ korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2024-yil 19-noyabrdagi 01-02-08-1712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kuchlanishni avtomatik rostlash hisobiga ta’minot manbaidan uzoqda joylashgan iste’molchilarda kuchlanishni ±5 % oraliqda nominal qiymatdan og‘ishini ta’minlash imkonini bergan.
kuchlanishni avtomatik rostlovchi qurilmani past kuchlanishli elektr tarmoqlariga maqbul o‘rnatish joyini hisoblash usuli va algoritmi  “Yakkabog‘ tuman elektr tarmoqlari“ korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2024-yil 19-noyabrdagi 01-02-08-1712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya isroflarini kamaytirish hisobiga yiliga 119 685 437  (bir yuz o‘n to‘qqiz million olti yuz sakson besh ming to‘rt yuz o‘ttiz etti) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyati ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish