Elmanov Abbos Begmat  o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lazer nurli  bilan detal ishchi yuzasiga ishlov berish orqali eyilishga bo‘lgan bardoshliligini oshirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4451
Ilmiy rahbar: Mirzaumidov Asilbek Shuhratjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ilhom Olimjonovich, t.f.f.d. dotasent, Rustamov Raxmatali Murodovich, t.f.d., professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tishli g‘ildirak tishlarni lazer nuri yordamida puxtalash orqali mustahkamligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan uskuna uchun samarador echimlar ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tishli g‘ildirak ishchi yuzasining qattiqligi va eyilishga bo‘lgan bardoshliligini oshirish maqsadida kompozision kukunli qoplama elementlari ulushlarining optimal qiymatlari hamda ushbu qiymatlarga mos ravishda lazer qurilmasi parametrlarini ta’minlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
tishli g‘ildiraklarga lazer nuri yordamida ishlov berishda uning bardoshliligini oshirish imkonini beruvchi ishlov berilayotgan detalning geometrik va mexanik parametrlari, issiqlik taqsimoti va texnologik rejimlariga ko‘ra lazer apparatni o‘rnatish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yupqa devorli tishli g‘ildiraklarning mexanik xususiyatlari va ish resurslarini avtomatik texnologiyasi asosida mexanik chidamliligi, eyilish va deformatsiyaga qarshi bikrlik ko‘rsatkichlarini o‘zgarish qonuniyatlari asosida konstruktiv xususiyatlari va texnologik jarayonlari asoslangan;
tishli g‘ildiraklarni lazer nuri bilan sovutish jarayonining optimal parametrlari va lazer nuri asosida  yupqa tishli g‘ildiraklarning eyilishga va yuklanishga bardoshliligini oshirilishi va tebranish qamrovini texnologik qarshilikka bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tishli g‘ildirak tishlari ishchi yuzasiga lazer nuri yordamida ishlov berish jarayoni parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Lazer nuri yordamida qayta ishlash natijasida tishlari mustahkamlangan tishli g‘ildiraklar uchun “Texnik tavsif” ko‘rinishidagi meyoriy hujjatlar “OQSAROY TEXTILE” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil, 21-oktyabrdagi 03/05-2804 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tishli g‘ildiraklar ishchi yuzasining eyilishga bardoshliligini oshirish uchun ishlash muddati 2,5 baravar ko‘proq bo‘lgan energiya-resurstejamkor tishli g‘ildiraklar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan  hamda lazer nuri yordamida ishlov berilgan tishlarning mustahkamligi oshirilganligi sababli ularning sinishini 3,5% gacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish