Jo‘raev Asliddin Nasriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qatqaloqni yumshatadigan qurilmani takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3734     
  Ilmiy rahbar: Xasanov Ibrohim Subxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
          IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
          Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich, texnika fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Burxon Shermatovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
          Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
         Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za maydonlarida qatqaloqni yumshatadigan qurilmaning ish sifatini oshirish hamda unib chiqqan g‘o‘za ko‘chatlarini kam shikastlaydigan tishli ish organli qurilmani ishlab chiqish va uning maqbul parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
         qatqaloqni yumshatishda talab darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflyagan holda ta’minlovchi yumshatgich tishli ish organining konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni g‘oza nihollariga shikast etkazmaslik shartidan kelib chiqib asoslangan;
         yumshatgich tishli ish organining g‘o‘za maydonlaridagi qatqaloq bilan ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida ish organining parametrlari hamda unga beriladigan yuklanish va tortishga qarshiligining o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
          uumshatgich tishli ish organining tuproqqa ishlov berish chuqurligini ta’minlash, bosim prujinasiga bog‘liqligini hisobga olgan holda asoslangan;
yumshatgich tishli ish organining tishlar sonini g‘oza nihollarining shikastlanish, qatqaloqni yumshatilish darajalariga va qurilmaning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qatqaloqni yumshatish uchun ishlab chiqilgan yumshatgich tishli ish organlari parametrlarini asoslash maqsadida olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan qatqaloqni yumshatadigan qurilma uchun g‘o‘za ko‘chatlarini kam shikastlagan holda qatqaloqning yumshatilish darajasini oshiradigan qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining («Rotatsion motiga», № FAP 01843-2021y.) foydali modeliga patenti olingan. Natijada qatqaloqni sifatli yumshatish uchun yumshatgich tishli ish jihozidan tashkil topgan ish organining konstruksiyasini ishlab chiqish, qatqaloqni yumshatilish sifatini oshirish hamda endigina unib chiqgan g‘o‘za ko‘chatlarining shikastlanishini kamaytirishni ta’minlash imkoni yaratilgan;
qatqaloqni yumshatadigan yumshatgich tishli ish organining tajriba nusxasi Respublikamiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi klasterlar va fermer xo‘jaliklarida, jumladan, Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04-376-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilayotgan parametrlar bo‘yicha ishlab chiqilgan takomillashtirilgan qatqaloqni yumshatadigan qurilma qo‘llanilganda ekspluatatsion xarajatlar 70,3 foizga va yonilg‘i moylash materiallari sarfi 30 foizga kamayishiga erishiladi;
takomillashtirilgan qatqaloqni yumshatadigan qurilma konstruksiyasi “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi №05/04-04-376-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan qatqaloqni yumshatadigan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish