Majitov Jo‘rabek Altiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik quvvatli biogaz qurilmasining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/T1157
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jahonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori professor; Ergashev Shaxriyor Hamidullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biomassani anaerob muhitda termik qayta ishlovchi kichik quvvatli biogaz qurilmasining issiqlik-texnik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh kollektori va bioreaktorni kombinatsiyalashtirish asosida biomassa-dan maksimal biogaz olish imkonini beradagan kichik quvvatli biogaz qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba organik chiqindilarni anaerob sharoitda bo‘lmali ishlov berish orqali fermentatsiya jarayonining samarali kechishini taminlaydigan energiya tejamkor quyosh biogaz qurilmasi ishlab chiqilgan (№ FAP 2440);
mezofil harorat rejimida biomassaga bo‘lmali ishlov beradigan bioreaktor geometrik parametrlari, biomassa va atrof-muhit haroratlar farqini hisobga olgan holda konvektiv issiqlik berish koeffisienti hamda issiqlik qarshiliklarini optimal qiymatlarini hisoblash imkonini beradigan issiqlik uzatish tenglamalari asosida matematik model ishlab chiqilgan;
biogaz qurilmasini issiqlik bilan ta’minlaydigan yassi quyosh kollektorining pastki qismi orqali issiqlik yo’qotish koeffisientini kollektorning gorizontga nisbatan tashkil qilgan burchagiga, absorber materiali va atrof-muhit haroratiga bog‘liq ravishda hisoblash imkonini beradigan emperik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik quvvatli biogaz qurilmasining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash buyicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
qishloq aholi xonadonlari va chorva fermer xo‘jaliklaridan chiqadigan organik chiqindilarni anaerob muhitda qayta ishlashga mo‘ljallangan “Quyosh biogaz qurilmasi” uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№FAP 2440, 2024 yil). Natijada, quyosh nurlanish issiqligi va fazaviy o‘zgaruvchan issiqlik akkumulyator hamda quyosh kollektoridan foydalanib biogaz olish jarayonining optimal va uzlyuksiz izotermik rejimning taminlanishiga erishilgan;
organik chiqindilarni anaerob sharoitda bo‘lmali ishlov berish orqali fermentatsiya jarayonining samarali kechishini taminlaydigan energiya tejamkor quyosh biogaz qurilmasi Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani “BUXORO AGROKLASTER ChORVA” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 3-iyul № 05/04-04-302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik quvvatli bioreaktorning har bir segmenti uchun optimal izolyasiya qatlami qalinligi, ya’ni yuqori 12,5 sm, pastki 10 sm va silindrsimon qismi 26,2 sm bo’lgan bioreaktorni foydali yuzasi 0,745 m2 va 579,04 kWh/m²·yil energiya berish imkoniyatiga ega quyosh kollektori bilan kombinatsiyalashtirish orqali biogaz olish rejimi uchun zarur bo’lgan energiyani to’liq quyosh energiyasi hisobidan qoplanishiga erishilgan.