Mustaev Ruslan Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ta’minlanuvchi elektr uskunalar uchun kontaksiz qurilmalarni ishlab chiqish va tadqiq qilish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4246
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta tiklanuvchan energiya manbalari integratsiyalashgan elektr tarmoqlarida kontaksiz qurilmalarni qo‘llash orqali tizim ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh fotoelektr stansiyalari asosidagi elektr ta’minoti tizimlarida reaktiv quvvatni avtomatik tarzda kompensatsiya qilish va elektr uskunalarni ishga tushirish uchun yangi turdagi kontaksiz qurilma ishlab chiqilgan (№ FAP 02240);
kontaksiz qurilmalar asosidagi gibrid fotoelektr stansiyalari integratsiyalashgan elektr ta’minoti tizimlarida reaktiv quvvatni operativ kompensatsiyalash orqali tizim samaradorligini oshirish imkonini beradigan, avtomatik boshqarish sxemasi ishlab chiqilgan;
tarmoqqa integratsiyalangan quyosh fotoelektr stansiyalaridan ta’minlanuvchi asinxron matorli suv nasosining energetik ko‘rsatgichlarini aniqlash imkonini beradigan imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan elektr ta’minoti tizimidagi kontaksiz qurilmalar ishlash ishonchliligini oshirish imkonini beradigan elementlarining chegaraviy tok va kuchlanishlari qiymatlarini hisoblashning uslubiyoti har bir elementning ishdan chiqishlar intensivligini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ta’minlanuvchi uskunalarni kommutatsiyalovchi kontaksiz ishga tushirish qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir fazali elektr motorini kommutatsiyalovchi ishga tushirgich uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 02240; 2023 yil). Natijada, quyosh fotoelektrik stansiyalaridan elektr energiya bilan ta’minlanuvchi bir fazali elektr iste’molchilarni kommutatsiyalovchi va reaktiv quvvatini avtomatik kompensatsiyalovchi kontaksiz ishga tushirish qurilmasi takomillashtirilgan;
kontaksiz qurilmalardan foydalangan holda reaktiv quvvatni avtomatik tarzda kompensatsiya qilish usuli “Muborak issiqlik elektr markazi”ga qarashli quyosh fotoelektrik stansiyasiga integratsiya qilingan elektr ta’minot tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning 2023 yil 29  avgustdagi №04-20/613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, reaktiv quvvatni avtomatik kompensatsiyalashda elektr ta’minot tizimining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilashning, elektr energiyasi isrofi yil davomida 304,24 ming kW ‧ soatga kamaytirishning hamda 123,4 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish