G‘affarov Maqsadbek Qadamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi (mil. avv. IX-V asrlar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1649.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Kurbanbay, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshov Bahodir Jo‘raqulovich, tarix fanlari doktori, professor; Turganov Baxit Kurbanbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mil.avv. IX-V asrlarda O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida bronza davri jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga oydinliklar kiritildi va bronza davrining so‘nggi bosqichida O‘zbekiston hududida kechgan etnomadaniy munosabatlar jarayonlarini tahlil qilish kabi dolzarb vazifalarni ilmiy echimiga oid yangi xulosalar berilgan;
O‘zbekiston tarixiy-madaniy viloyatlarida so‘nggi bronza va temir davri jamiyatlarining notekis rivojlanishi va uning natijasida shaharsozlik madaniyatining bir tekis rivojlanmasligi omillari tahlil qilindi hamda ilmiy xulosalar chiqarildi;
so‘ngi bronza va temir davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy munosabatlarni rivojlantirish omillariga aniqliklar kiritildi;
O‘zbekiston tarixiy-madaniy hududlarida so‘ngi bronza va temir davri aholisining joylashishi, etnik munosabatlar markazlari bo‘lgan madaniy-xo‘jalik markazlar, uning doirasida mikrovohalarning tarixiga oid innovatsion g‘oyalar ilgari surildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi (mil. avv. IX-V asrlar) mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekiston hududida bronza davri jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlar rivojlanish darajasiga hamda so‘ngi bronza va temir davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy munosabatlarni rivojlantirish omillariga aniqliklar kiritilishi bo‘yicha natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi 10/235-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanish tarixiy-madaniy parklarning hamda muzeylarning yangi ekspozisiyalarini tashkillashtirish va turizmni rivojlantirish jarayonida yangi ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixiy-madaniy viloyatlarida so‘nggi bronza va temir davri jamiyatlarining notekis rivojlanishi va uning natijasida shaharsozlik madaniyatining bir tekis rivojlanmasligi omillari tahlil qilindi hamda unga oid yangi xulosalar chiqarish va uning yangicha baholash zarurati isbotlash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 24-yanvardagi 10/235-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston hududida shaharlarning topografik joylashishi, qurilish ashyolari, mudofaa inshootlarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini davom ettirish borasida zamonaviy texnologik yutuqlarini hisobga olish, virtual muzeylarni tashkillashtirish hamda yodgorliklardan foydalanishni takomillashtirish imkonini yaratgan;
so‘ngi bronza va temir davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etnik-madaniy munosabatlarni rivojlantirish omillarni tahlil qilindi va ilmiy xulosalar chiqarilganligidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-yanvardagi 04-36-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixiy-madaniy hududlarida so‘ngi bronza va temir davri aholisining joylashishi, etnik munosabatlar markazlari bo‘lgan madaniy-xo‘jalik markazlar, uning doirasida mikrovohalarning tarixiga oid innovatsion g‘oyalar ilgari surilganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-yanvardagi 04-36-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida shaharsozlik madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni asosida so‘ngi texnologiyalarni ilmiy muomalaga joriy qilish va 3 D formatda qadimgi shaharlarning virtual shakllarini yaratish imkonini bergan.