Temirov Muxammadali Xamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy nazorat metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt454
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Normurzaev Umid Xolmirzaevich iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq ilmiy tadqiqotlar instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy nazorat metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy nazorat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mamlakat va alohida hududlarni samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sohasidagi harakatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilish jarayoni moliyaviy nazorat va davlat moliyaviy nazorati o‘rtasidagi nisbatni aniqlashtirish hamda davlat va moliyaviy-moddiy resurslarning harakati sifatidagi davlat moliyaviy nazorati tushunchasining hal qiluvchi omili nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovining qiymat jihatidan chegarasi (Chn.o‘. = 10 mlrd. so‘m) miqdori tavsiya etilib, nazorat o‘lchovini ushbu chegaradan past (Chn.o‘. < 10 mlrd. so‘m) ob’ektlarda qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli tashkilotlarni jalb qilgan holda, ushbu chegaradan yuqori (Chn.o‘. > 10 mlrd. so‘m) ob’ektlarda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirish orqali moliyaviy nazoratning ta’sirchanligini oshirish asoslangan;
byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda fuqarolar tomonidan tegishli axborotning maxsus elektron platforma orqali taqdim etilishini pul mukofotlari yordamida rag‘batlantirish asosida moliyaviy nazoratning ochiqligi va samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
qonunbuzarlik holatlari ehtimoli yuqori yoki potensial xavf mavjud ob’ektlarni aniqlashda dastlabki kameral tekshiruvlarini o‘tkazish orqali auditorlar tomonidan resurslarga ustuvor ahamiyat berilishini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish va o‘zaro ta’sir zarur bo‘lgan yuqori xavfli hududlarga mobil tekshiruvlarni yo‘naltirishga ko‘ra kameral (Tk) va sayyor (Ts) tekshiruvlarning maqbul kombinatsiyasi (Tk=0,7-0,75; Ts=0,25-0,3)  orqali moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish taklif etilgan;
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan moliyaviy nazorat tadbirlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy nazorat metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy nazorat” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mamlakat va alohida hududlarni samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sohasidagi harakatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilish jarayoni moliyaviy nazorat va davlat moliyaviy nazorati o‘rtasidagi nisbatni aniqlashtirish hamda davlat va moliyaviy-moddiy resurslarning harakati sifatidagi davlat moliyaviy nazorati tushunchasining hal qiluvchi omili nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya va soliqlar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda moliyaviy nazorat va davlat moliyaviy nazorati o‘rtasidagi nisbatni aniqlashtirish hamda davlat va moliyaviy-moddiy resurslarning harakati sifatidagi davlat moliyaviy nazorati tushunchasining hal qiluvchi omili nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “moliyaviy nazorat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovining qiymat jihatidan chegarasi (Chn.o‘. = 10 mlrd. so‘m) miqdori tavsiya etilib, nazorat o‘lchovini ushbu chegaradan past (Chn.o‘. < 10 mlrd. so‘m) ob’ektlarda qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli tashkilotlarni jalb qilgan holda, ushbu chegaradan yuqori (Chn.o‘. > 10 mlrd. so‘m) ob’ektlarda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirish orqali moliyaviy nazoratning ta’sirchanligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi PQ-128-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/33-4-19949-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovining qiymat jihatidan chegarasidan kelib chiqqan holda amalga oshirish orqali moliyaviy nazoratning ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda fuqarolar tomonidan tegishli axborotning maxsus elektron platforma orqali taqdim etilishini pul mukofotlari yordamida rag‘batlantirish asosida moliyaviy nazoratning ochiqligi va samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi PQ-128-son qaroriga
1-ilova “2022 yilda Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish hamda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/33-4-19949-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkoni yaratilgan;
qonunbuzarlik holatlari ehtimoli yuqori yoki potensial xavf mavjud ob’ektlarni aniqlashda dastlabki kameral tekshiruvlarini o‘tkazish orqali auditorlar tomonidan resurslarga ustuvor ahamiyat berilishini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish va o‘zaro ta’sir zarur bo‘lgan yuqori xavfli hududlarga mobil tekshiruvlarni yo‘naltirishga ko‘ra kameral (Tk) va sayyor (Ts) tekshiruvlarning maqbul kombinatsiyasi (Tk=0,7-0,75; Ts=0,25-0,3)  orqali moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-856-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil
25 sentyabrdagi 05/33-4-19949-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yo‘l qo‘yilgan xatolar, buzilishlar yoki nomuvofiqliklarni yaxshiroq aniqlash imkoni paydo bo‘lib, bu esa tashkilotda moliyaviy va ma’muriy boshqaruv sifatini oshirishga olib kelgan;
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan moliyaviy nazorat tadbirlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 05/33-4-19949-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston uzoq muddatli istiqbolda byudjet tashkilotlarida o‘tkaziladigan moliyaviy nazorat tadbirlari samaradorligi hamda asosiy faoliyat parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish