Urinboeva Marifatoy Hayitboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suvli-neftli emulsiyalarni parchalash uchun yog‘ kislotalari dietanolamidlari sintezi va kolloid-kimyoviy xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K857.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmanov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Buxorov Shuxrat Burievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv-neft emulsiyalarini parchalash uchun yog‘ kislotasi dietanolamidlari sintezi, kolloid kimyoviy xususiyatlari va deemulgirlash qobiliyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘ kislotalarining eng yuqori molekulyar og‘irligi kungaboqar moyida (278,95 g/mol), paxta va raps moylarida esa pastroq - mos ravishda 273,71 va 259,22 g/mol ekanligi va bu farqlar yog‘ kislotalari tarkibi va har bir yog‘ kislota to‘yinganlik darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
DEAKM, DEAPM va DEARM ning hisoblangan GLB qiymatlari 7,21 dan 7,63 gacha bo‘lib, eksperimental qiymatlar esa 7,36 dan 8,56 gacha ekanligi  va bu sirt faol moddaning suvli fazada erish qobiliyati hamda yuqori gidrofilligi aniqlangan;
DEAKM va DEAPM SFM uchun xiralanish nuqtasi va MKK qiymatlari  yuqori (156,1 va 136,3 mg/l), DEARM uchun esa nisbatan past (112,8 mg/l) ekanligi, past konsentratsiyalarda misella hosil bo‘lishi isbotlangan;
DEARM konsentratsiyasi 100,0-112,8 mg/l oralig‘ida MKK erishishi, emulsiya plyonkalarini parchalash samaradorligi emulsiyadagi suv miqdori yuqori bo‘lganida xam boshqa sirt faol moddalar bilan taqqoslaganda samarali ekanligi aniqlangan;
magnit maydon bo‘lmaganda, neftdagi xlorli tuzlar miqdori DEAKM va DEARM 9,4 mg/l dan 5,8 mg/l gacha kamaytirdi. Magnit maydoni induksiyasi 0,05Tl oshirilganida esa sintezlangan DEAKM 3,9, DEAPM-3,3, DEARM-2,6 mg/l.  gacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik moylari yog‘ kislotalari asosida sirt faol moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kungaboqar  moyining yog‘ kislotalaridan olingan deemulgator DEAKM “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning "2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan   (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 29 oktyabrdagi 02-03-01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, degidratatsiya paytida DEAKM demulgatoridan foydalanish import qilingan analogga nisbatan 1% yuqori natijaga erishish imkonini beradi.
suv-neft emulsiyalarini magnit induksiyasi bilan ishlov berish va raps moyi asosidagi sirt faol moddalar yordamida deemulgirlash usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi MChJning 2024-yil 29 oktyabrdagi 02-03-01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, DEARM sarfi 50 g/t miqdorda, 0,2-0,5 m/s emulsiya oqimi tezligida, 0,1 Tl induksiyali magnitli ishlov berish va deemulgatorni birgalikda qo‘llash natijasida tuz miqdorini 1,8 mg/l gacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish