Davlatova Odina Zokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fojazit tipidagi molekulyar elaklarda aromatik uglevodorodlar adsorbsiyasi energetikasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K856.
Ilmiy rahbar: Raxmatkarieva Firuza Gayratovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: BaY va BaNaY sintetik seolitlarida ion-molekulyar klasterlarning energetikasi, tuzilishi va lokalizatsiyasini yuqori aniqlikdagi adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Birinchi marta mikrokalorimetrik usulda benzol, orto-, meta-, para-ksilol molekulalarning BaY va BaNaY seolitlarda adsorbsiyasining adsorbsiya aniq izotermalari va toʻliq termodinamik tavsiflari aniqlangan;
BaY seolitlarida benzolning adsorbsiya issiqligi to'lqinsimon pog‘onali boshqichli ko'rinishga pasayib boradi va har bir bosqichda benzol π-komplekslar hosil bo'lishi aniqlangan;
BaY va BaNaY seolitlarda para-, meta-, orto-ksilol va benzol molekulalari adsorbsiyasi jarayonida Ba2+ va Na+ kationlarining sodalit va oltihalqali geksogonal prizma bo‘shliqlaridan superbo‘shliqqa migratsiyasi isbotlangan.
BaY va BaNaY seolitlarning SII bo‘shlig‘idagi Ba2+ va Na+ kationlari bilan para-, meta-, orto-ksilol va benzol molekulalari adsorbsiya entropiyasi standart holat entropiya qiymatidan pastda boʻlishi adsorbat molekulalari ((C6H6)n/Men+ va (C6H6Ch3)n/Men+) ion-molekulyar komplekslar hosil qilganligidan dalolat beradi. Shuningdek, para-, meta-, orto-ksilol va benzol molekulalari BaY va BaNaY seolitlari matrisasiga kuchli adsorbsiyalanishi aniqlangan;
Y tipidagi Ba2+ va Na+ kationli seolitlarda para-, meta-, orto-ksilol va benzol molekulalari adsorbsiya izotermalari ikki va uch hadli mikrog‘ovaklarning hajmiy toʻyinish nazariyaci tenglamalari asosida tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida seolitlar adsorbsiyasining asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft mahsulotlarini aromatik uglevodorod birikmalari molekulalaridan tozalashda A va Y tipidagi seolit analoglari «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish boʻyicha istiqbolli ishlanmalar roʻyxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 16 apreldagi 02-03-01/111-son ma'lumotnomasi). Natijada, benzin va dizel yoqilg‘isi tarkibidagi suv molekulalarini tozalash imkonini beradi.
neftni qayta ishlashda neft mahsulotlarini tarkibidagi qo‘shimcha aromatic birikmalardan tozalashda Y tipidagi Na+ va Ba2+ kationli seolit analoglari «Farg‘ona NQIZ» MChJning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish boʻyicha istiqbolli ishlanmalar roʻyxati»ga kiritilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 16 apreldagi 02-03-01/111-son ma'lumotnomasi). Natijada, neftni mahsulotlari tarkibidan aromatik birikmalar (benzol, o-ksilol, p-ksilol va m-ksilol) molekulalaridan tozalash imkonini beradi.