Pirnazarov Baxtiyar Utemisovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlarini kimyoviy va mexanokimyoviy foallashtirish yo‘li bilan donadorlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiyallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4098.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Kurambaev Sherzod Raimbergenovich, texnika fanlari doktori; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston fosforitlarini kimyoviy va mexanokimyoviy faollashtirish orqali donadorlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
azotli tuzlarning, ayniqsa ammoniy sulfatining jelvakli fosforit unining eruvchanligini keskin oshirish qobiliyatiga ega ekanligi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olingan;
N : P2O5 va N : P2O5 : K2O optimal nisbatlari, donador kompleks o‘g‘itlar tarkibi va xossalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi talablariga javob berishi aniqlangan;
reologik xususiyatlar texnologik siklning barcha bosqichlari: kislotali fosfat va ammofosfat bo‘tqalarida aniqlangan, bunda ularni osongina bir qurilmadan boshqasiga o‘tkazishning imkoni borligi aniqlangan;
ekstraksion fosfor kislotasi va fosforitning og‘irlik nisbatlari 100 : 25 optimal nisbat ekanligi hamda ushbu nisbatda olingan namunalar B markali ammofosfat o‘g‘iti (TSh 113-08-552-84) uchun qo‘yilgan talablarga javob berishi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston fosforitlarini mexanokimyoviy va kimyoviy faollashtirish orqali donadorlangan murakkab aralash va ammofosfat o‘g‘itlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston jelvakli fosforitlarini kimyoviy va mexanokimyoviy faollashtirish yo‘li bilan donador kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston fosforitlarini mexanokimyoviy faollashtirish orqali donadorlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi "ALBASE" MChJning «2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2024 yil 11 maydagi  02-04/9-05/1408 son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligidagi samaradorligi bo‘yicha an’anaviy fosforli o‘g‘itlardan qolishmiydigan fosforli o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkoniyatini yaratadi;
Xodjakul jelvakli fosforitlarini fosfor kislotasi orqali qayta ishlash yo‘li bilan ammofosfatli o‘g‘itlar olish texnologiyasi “ALBASE” MChJning «2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 maydagi 02-04/9-05/1408sonli guvohnomasi.). Natijada, tarkibi va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari TSh 113-08-552-84 (B navli ammofosfat) talablariga javob beradigan mahsulotlar olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish