Ulug‘berdieva Ziyada Xotamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ammoniy va kalsiy polifosfatlarini olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T867.
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Otanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sherqo‘ziev Doniyor Shermatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuvib kuydirilgan fosfat konsentrati (YuKFK), MQ fosforitidan olingan EFK va gazsimon ammiak asosida ammoniy va kalsiy polifosfatlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ YuKFKdan olingan konsentrlangan EFK asosida QPSEKPFni olish jarayoniga texnologik omillarning ta’siri aniqlangan;
R=1,33÷2,04 qiymatlarida sintez qilingan monokalsiyfosfat digidratini termik degidratatsiyalash usuli bilan QPSEKPF olish jarayoniga haroratning, degidratatsiyalash davomiyligiga va donalar o‘lchamlariga bog‘liqligining maqbul sharoitlar aniqlangan;
MQ YuKFKdan olingan 56-60% li EFKni ammiak gazi bilan neytrallash, ammiakni uzatish tezligi ta’sirida P2O5-ning polimerlanish darajasini 47-81% gacha oshrish mumkinligi isbotlangan;
konsentrlangan EFK, MQning YuKFK va ammiak asosida kalsiy va ammoniy polifosfatlarini olishning moddiy balanslari va ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MQ YuKFKni konsentrlangan EFK bilan qayta ishlash va yuqori konsentrlangan EFKni gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash, hamda ularni termik degidratatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MQ fosforitlarini konsentrlangan EFK bilan QPSEKPFga qayta ishlash texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2024 yil 30 iyuldagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, R=1,33-2,04 nisbatlarining keng oralig‘ida MQ fosforitlarini konsentrlangan EFK bilan parchalanishi natijasida olingan kalsiy fosforli o‘g‘itlarni termik degidratatsiya qilish orqali uzoq muddat davomli ta’sir etuvchi QPSEKPFni ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini bergan;
MQ fosforitlaridan olingan konsentrlangan EFK va gazsimon ammiak asosida yuqori ozuqaviy komponentli QPSEAPFga qayta ishlash texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2024 yil 30 iyuldagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, MQ YuKFKdan olingan konsentrlangan EFKni gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash yo‘li bilan QPSEAPFni ishlab chiqarishni tashkillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish