Zokirov Bobir Chorievichning  
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
“Buxoro Xalq Sovet Respublikasida sud-huquq tizimi va nazorat organlari faoliyati tarixi (1920-1924-yy.)” mavzusidagi 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Tar1223
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy  rahbar:  Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich tarix fanlari doktori (DSc)  dotsent, Kamolov Dilshod Po‘lotovich tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Buxoro Xalq Sovet Respublikasida sud-huquq tizimi va nazorat organlari faoliyatining mazmun va mohiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro hududida bolsheviklar o‘z hokimiyatini mustahkamlashda va harbiy, siyosiy ta’sirini kuchaytirishda BuxChK, “Inqilobiy” tribunallar, qizil armiya bo‘linmalari, Diktatorlik komissiyalari, Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), ishchi-dehqon milisiyasi kabi jazo muassasalari asosiy rol o‘ynaganligi hamda ushbu nazorat organlariga harbiy jinoiy ishlardan tashqari bosqinchilik, bezorilik kabi ishlarni ko‘rib chiqish ham yuklatilganligi asoslangan;
xalq qozilik sudlari fuqarolar tomonidan yo‘l qo‘yilgan jinoyat ishlarini ko‘rish huquqiga ega bo‘lganligi, mansabdorlarning jinoyatlari, davlatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarni Oliy harbiy inqilobiy tribunal ko‘rib chiqqanligi  hamda BXSRda qisqa vaqt mobaynida tashkil qilingan sovet sudlov organlari totalitar boshqaruv tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanganligi dalillangan;
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibida xodimlarning etishmasligi natijasida aholi yashaydigan har bir mavzelarni qo‘riqlash uchun oqsoqollarning kuzatuvi ostida xalq orasidan ko‘ngillilar tanlab olinib, jamoat tartibini saqlash, aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash ular zimmasiga yuklanganligi aniqlangan;
sovet hokimiyatining mustahkamlanishi sharoitida BXSR Adliya nozirligi tarkibida tashkil etilgan prokuratura organi qonunsizlikka, hokimiyatni suiiste’mol qilishga, xalq mulkini o‘zlashtirishga va sho‘rolarga qarshi faoliyatni bartaraf etish yo‘lida kurashganligi hamda sinfiylik tamoyili asosida nafaqat aybdorlarni jazolash, balki aholini proletariat qonunchiligi ruhida tarbiyalashda katta o‘rin egallaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida sud-huquq tizimi va nazorat organlarining faoliyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro hududida bolsheviklar o‘z hokimiyatini mustahkamlashda va harbiy, siyosiy ta’sirini kuchaytirishda BuxChK, “Inqilobiy” tribunallar, qizil armiya bo‘linmalari, Diktatorlik komissiyalari, Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), ishchi-dehqon milisiyasi kabi jazo muassasalari asosiy rol o‘ynaganligi hamda ushbu nazorat organlariga harbiy jinoiy ishlardan tashqari bosqinchilik, bezorilik kabi ishlarni ko‘rib chiqish ham yuklatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzey fondini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti 2023-yil 17-noyabrdagi 2/2-1693-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonning sovet boshqaruvi davridagi ichki ishlar organlari tarixining ayrim muhim nazariy muammolarining echimi sifatida xizmat qildi;
Xalq qozilik sudlari fuqarolar tomonidan yo‘l qo‘yilgan jinoyat ishlarini ko‘rish huquqiga ega bo‘lganligi, mansabdorlarning jinoyatlari, davlatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarni Oliy harbiy inqilobiy tribunal ko‘rib chiqqanligi  hamda BXSRda qisqa vaqt mobaynida tashkil qilingan sovet sudlov organlari totalitar boshqaruv tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanib ulgurganliga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi “Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi va sovet davlati qatag‘on siyosatining boshlanishi (1917-1924-yillar)” mavzusidagi 3-bo‘lim hamda “30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag‘onlar” mavzusidagi 6-bo‘limlarning muzey ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2024-yil 8-oktyabrdagi 247-son ma’lumotnomasi). Bundagi natijalar milliy manfaatlar yo‘lida begunoh qurbon bo‘lganlarning xotirasini tiklashda hamda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi;
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibida xodimlarning etishmasligi natijasida aholi yashaydigan har bir mavzelarni qo‘riqlash uchun oqsoqollarning kuzatuvi ostida xalq orasidan ko‘ngillilar tanlab olinib, jamoat tartibini saqlash, aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash ular zimmasiga yuklanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 22-noyabrdagi 02-36-894-son ma’lumotnomasi). Bundagi natijalar teletomoshabinlarga sovet boshqaruvi davrida milliy istiqlolimiz yo‘lida kurashgan davlat arboblari, ichki ishlar organlari tarkibidagi kadrlarning mashaqqatli hayot yo‘lini ilmiy asosda o‘rganishga xizmat qilgan.
Sovet hokimiyatining mustahkamlanishi sharoitida BXSR Adliya nozirligi tarkibida tashkil etilgan prokuratura organi qonunsizlikka, hokimiyatni suiiste’mol qilishga, xalq mulkini o‘zlashtirishga va sho‘rolarga qarshi faoliyatni bartaraf etish yo‘lida kurashganligi hamda sinfiylik tamoyili asosida nafaqat aybdorlarni jazolash, balki aholini proletariat qonunchiligi ruhida tarbiyalashda katta o‘rin egallaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan amalga oshirilgan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi” nomli ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanildi (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi Nodavlat notijorat tashkilotining 2024-yil
3-oktyabrdagi № 27/01-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlari) nomli kitobning ilmiy mazmunini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish