Majidov Jurabek Jalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 50-80-yillarida Buxoroda transport – kommunikatsiya tizimining shakllanishi (transport va temir yo‘l tizimi misolida)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1672.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07  raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:  Xasanov Akrom Mo‘minovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor. Ermetov Avaz Abdullaevich - tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 50-80-yillarida Buxoro viloyatida transport-kommunikatsiya tizimining holati, rivojlanishi, muammolari, uning xalq xo‘jaligidagi o‘rnini tadqiq etishdan iborat bo‘lib hisoblanadi.  .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 50-yillarida Buxoro viloyati hududlari orqali o‘tgan yo‘llarning holati zamon talablaridan ortda qolganligi, transport yo‘llarini ta’mirlashda dastlab Sovet Ittifoqi ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarga alohida e’tibor qaratilganligi va mahalliy ichki yo‘llar e’tibordan chetda qolganligi, yo‘llarda xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi va yuk tashish ishlari talab darajasida emasligi, aholiga transport xizmati ko‘rsatishdagi sustkashlik va jadval buzilishlar odatiy holga aylanganligi isbotlangan;
XX asrning 50-80-yillarida qurilgan  yirik magistrallar (Zarafshon trakti (M-37), G‘uzor-Qarshi-Buxoro-Nukus-Beynav (A-380), Gazli-Sazakino, Nurota-Boymurod-Uchtepa-Tomdi)ning qurulishida o‘z davrining yangi texnalogiyalardan foydalanilgani, ushbu yo‘llarning Buxoro viloyati hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati ochib berilgan;
XX asrning 50-yillaridan so‘ng Buxoro viloyatida shaharlarning aglomeratsiyasi, uy-joy qurilishining kuchayishi, yangi sanoat korxonalari qad ko‘tarishi sababli  shaharlarda aholi sonining ko‘payib borishi va ularga transport xizmatlarini ko‘rsatishga talabning keskin oshishi, yo‘nalish transportlari, shaharlararo, tumanlararo yo‘nalishlar, ularda yo‘lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish, taksi xizmati, troleybus xizmati kabi jihatlar asoslangan;
“Ashxabod temir yo‘li”ning tarkibiy  qismlaridan biri hisoblangan Kogon (Buxoro viloyati) temir yo‘l bo‘limi nafaqat viloyat va Respublika, balki Sovet Ittifoqi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega ekanligi temir yo‘l izlarini modernizatsiya qilish, poezdlar harakatini tezlatish, yo‘nalishlarni markazlashtirish, elektrlashtirish jadallashganligi dunyo standartiga yaqinlashish jarayoni yuz berganligi, shuningdek, 1974-yildan barcha lokomotivlar teplavozlarga almashtirilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“XX asrning 50-80-yillarida Buxoro viloyatida transport – kommunikatsiya tizimining shakllanishi (transport va temir yo‘l tizimi misolida)” mavzusi tadqiqoti asosida olingan ilmiy natijalar va amaliy natijalardan:
XX asrning 50-yillarida Buxoro viloyati hududlari orqali o‘tgan yo‘llarning holati zamon talablaridan ortda qolganligi, transport yo‘llarini ta’mirlashda dastlab Sovet Ittifoqi ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarga alohida e’tibor qaratilganligi va mahalliy ichki yo‘llar e’tibordan chetda qolganligi, yo‘llarda xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi va yuk tashish ishlari talab darajasida emasligi, aholiga transport xizmati ko‘rsatishdagi sustkashlik va jadval buzilishlar odatiy holga aylanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil, 28-iyuldagi 02-06-1192-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Buxoro viloyati hududida XX asr 50-80-yillarida transport-kommunikatsiya tizimlarining rivojlanib borishi bilan bog‘liq borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
XX asrning 50-80-yillarida qurilgan  yirik magistrallar (Zarafshon trakti (M-37), G‘uzor-Qarshi-Buxoro-Nukus-Beynav (A-380), Gazli-Sazakino, Nurota-Boymurod-Uchtepa-Tomdi)ning qurulishida o‘z davrining yangi texnalogiyalardan foydalanilgani, ushbu yo‘llarning Buxoro viloyati hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati borasidagi materiallar YuNESKOning Markaziu Osiuo Xalqaro tadqiqotlar instituti dasturlarini bajarishda keng qo‘llanildi (YuNESKO tasarrufidagi Markaziu Osiuo Xalqaro tadqiqotlar instituti (IICAS)ning 2023-yil 10-noyabrdagi 283-raqamli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi Buxoro shahar transport-kommunikatsiyasi rivojlanishining shahar tarixiy qismiga ta’siri masalasini ijobiy hal etishda bir qadar xizmat qilgan.
XX asrning 50-yillaridan so‘ng Buxoro viloyatida shaharlarning aglomeratsiyasi, uy-joy qurilishining kuchayishi, yangi sanoat korxonalari qad ko‘tarishi sababli  shaharlarda aholi sonining ko‘payib borishi va ularga transport xizmatlarini ko‘rsatishga talabning keskin oshishi, yo‘nalish transportlari, shaharlararo, tumanlararo yo‘nalishlar, ularda yo‘lovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish, taksi xizmati, troleybus xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat muzeu-qo‘riqxonasi ARK muzeyi Tarix fondida amaliyotga joriulantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros Agentligining 2023- yil 21-dekabrdagi 04-05/4815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati transport-kommunikatsiya tizimining tarixi, iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati haqidagi qimmatli ma’lumotlar muzey fondidan o‘rin oldi.
“Ashxabod temir yo‘li”ning tarkibiy  qismlaridan biri hisoblangan Kogon (Buxoro viloyati) temir yo‘l bo‘limi nafaqat viloyat va Respublika, balki Sovet Ittifoqi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega ekanligi temir yo‘l izlarini modernizatsiya qilish, poezdlar harakatini tezlatish, yo‘nalishlarni markazlashtirish, elektrlashtirish jadallashganligi dunyo standartiga yaqinlashish jarayoni yuz berganligi, shuningdek, 1974-yildan barcha lokomotivlar teplavozlarga almashtirilganli to‘g‘risidagi ma’lumotlar Buxoro davlat muzeu-qo‘riqxonasida “Buxoroda transport tarixi” nomli ko‘rgazma tashkil qilishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros Agentligining 2023- yil 21-dekabrdagi 04-05/4815-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi muzey fondini Buxoro viloyati transport tizimining XX asr ikkinchi yarmiga oid tarixini o‘rganish bilan bog‘liq eksponatlar sonini kengayishiga va bu orqali muzeyga tashrif buyuruvchi sayyohlarning sonini ortishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish