Karimov Akramjon Ikromjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fond bozorini rivojlantirishda investorlar faolligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt489.
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshkuvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamroevich;  iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rahmonov Dilshodjon Alijonovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kadirova Xadicha To‘raevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fond bozorlarini rivojlantirishda investorlarning faolligini ta’minlashning metodologiyasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investorlar o‘rtasida axborotlar asimmetriyasini oldini olish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tog‘risidagi qarorlardan aksiyadorlarni o‘z vaqtida xabardor qilishga qaratilgan muhim faktlarni joriy etish orqali tashkillashtirilgan fond bozorida emitent qimmatli qog‘ozlari muomalasini kengaytirish asoslangan;
sof foyda (dividend)ni taqsimlash bo‘yicha tavsiyani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga qadar oshkor qilish tartibini joriy etish orqali investorlarning fond bozoridagi ishtirokini oshirish taklif etilgan;
real vaqt rejimida mahalliy investorlarni identifikatsiya qilish, investisiya vositachilari bilan shartnoma tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyatini taqdim etuvchi fond bozori tizimi orqali davlat ulushi mavjud korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish taklif etilgan;
boshqaruv organlari yig‘ilishlarini onlayn o‘tkazish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy qarorlar qabul qilishda investorlar faolligini ta’minlash mexanizmi taklif etilgan;
kapital bozorida sakkiz bosqichli tartibga solish maxsus rejimini joriy etish orqali xorijiy investision vositachilar va investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fond bozoriga investisiya kiritish imkoniyatini yaratish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fond bozorini rivojlantirishda investorlar faolligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investorlar o‘rtasida axborotlar asimmetriyasini oldini olish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish tog‘risidagi qarorlardan aksiyadorlarni o‘z vaqtida xabardor qilishga qaratilgan muhim faktlarni joriy etish orqali tashkillashtirilgan fond bozorida emitent qimmatli qog‘ozlari muomalasini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining muhim faktlarini e’lon qilishda tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, fond bozorida emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini ro‘yxatga qo‘yish va undan chiqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilinganda 38 va 39-muhim faktlarni majburiy e’lon qilish tartibi joriy etildi hamda shu orqali investorlar faolligini oshirishga erishildi va fond bozorida emitentlarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilinganda 40-muhim faktni majburiy e’lon qilish tartibi joriy etildi;
sof foyda (dividend)ni taqsimlash bo‘yicha tavsiyani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga qadar oshkor qilish tartibini joriy etish orqali investorlarning fond bozoridagi ishtirokini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha qonunchilik tizimini takomillashitirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kuzatuv kengashining sof foydani (dividendni) taqsimlash bo‘yicha tavsiyasini 41-muhim fakt sifatida majburiy e’lon qilish tartibi joriy etildi hamda fond bozorida emitentlar tomonidan ushbu ma’lumot e’lon qilinganda ularning aksiyalar bozor bahosi 20-25 foizga o‘sishiga olib keldi.
real vaqt rejimida mahalliy investorlarni identifikatsiya qilish, investisiya vositachilari bilan shartnoma tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyatini taqdim etuvchi fond bozori tizimi orqali davlat ulushi mavjud korxonalarning aksiyalarini ommaviy joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida IPO va SPO jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy investorlarni identifikatsiya qilish, investisiya vositachilari bilan shartnoma tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyati mavjud bo‘lgan mobil ilovalar yaratildi, investision vositachilarda depo hisobvarag‘ini masofadan turib ochish va shartnoma tuzish tartibi uchun ketadigan vaqt 1 ish kunidan 30 minutgacha tushirildi hamda jarayonga ketadigan xarajatlar 90 foizgacha kamaytirildi.
boshqaruv organlari yig‘ilishlarini onlayn o‘tkazish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy qarorlar qabul qilishda investorlar faolligini ta’minlash mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va emitent kuzatuv kengashi a’zolari majlislari zaruriyat tug‘ilgan hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib o‘tkazish imkoniyati yaratildi va bu o‘z navbatida bir qancha qulayliklarga ega hisoblanadi
kapital bozorida sakkiz bosqichli tartibga solish maxsus rejimini joriy etish orqali xorijiy investision vositachilar va investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fond bozoriga investisiya kiritish imkoniyatini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yilning 2-fevralidagi 03/07-444-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Kapital bozor”ida maxsus rejim ishtirokchisining huquqiy maqomi, faoliyat mexanizmi va funksiyalari aniqlashtirildi hamda maxsus rejim (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, maxsus rejimning amal qilish muddatini uzaytirish hamda maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilishda jarayonlar bosqichlarini optimallashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish