Yakubov Shoxrux Akmaljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Oliy ta’lim muassasalari moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3801.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Botirjon Abdulxamidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy mustaqillikka ega oliy ta’lim muassasalari moliyasini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalari moliya mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini yangilash hamda xodimlar va talabalarga mos sharoit yaratish maqsadida ishlatiluvchi oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirish, boshqarish va samarali taqsimlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida daromadlar va xarajatlar balansining optimizatsion hamda tizimli-pragmatik tavsifga ega “izchil choralar prizmasi”dan iborat modellari vositasida raqobatbardoshlik va moliyaviy xizmat tizimi samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari uchun byudjet subsidiyalari hajmini aniqlash uslubiyoti byudjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar tayanch me’yorlarini belgilashda joriy moliyaviy-ekspluatatsion xarajatlar hamda joriy va kapital xarajatlar kombinatsiyasidan kelib chiqqan holda yondashish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda maqsadli moliyaviy ko‘rsatkichlar orqali oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqaror rivojlanishining optimizatsion modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalari moliya mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini yangilash hamda xodimlar va talabalarga mos sharoit yaratish maqsadida ishlatiluvchi oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirish, boshqarish va samarali taqsimlash nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirish, boshqarish va samarali taqsimlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim muassasalari moliya mexanizmi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida daromadlar va xarajatlar balansining optimizatsion hamda tizimli-pragmatik tavsifga ega “izchil choralar prizmasi”dan iborat modellari vositasida raqobatbardoshlik va moliyaviy xizmat tizimi samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 3-bobi,
3-paragrafidagi vazifalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-fevraldagi 03/03-551-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTMlar raqobatdoshligini oshirishga qaratilgan daromadlar va xarajatlar balansining optimizatsion modeliga muvofiq universitetda daromadlarni maksimallashtirish siyosatida akademik, ilmiy-innovatsion va xizmatlar industriyasi singari faoliyat spektrlari bo‘yicha muvozanatni oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun byudjet subsidiyalari hajmini aniqlash uslubiyotini byudjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar tayanch me’yorlarini belgilashda joriy moliyaviy-ekspluatatsion xarajatlar hamda joriy va kapital xarajatlar kombinatsiyasidan kelib chiqqan holda yondashish orqali takomillashtirish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2022-2026-yillarda rivojlantirish dasturida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-fevraldagi 03/03-551-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida TDIU Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq Moliyaviy xizmat tizimining optimal funksional-tuzilmasini tashkil qilish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda maqsadli moliyaviy ko‘rsatkichlar orqali oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqaror rivojlanishining optimizatsion modeli asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-fevraldagi 03/03-551-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqaror rivojlanishining optimizatsion modeli asosida uzoq muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish