Abduturapov Jasurbek Nozimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda soliq yukining shakllanish xususiyatlari va optimallashtirish istiqbollari», «08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3240.
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Ravshanjon Azimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi soliq yuki bilan bog‘liq mavjud vaziyatni chuqur tahlil qilish va uzoq muddatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun uni optimallashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollanadigan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdorini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga hisoblanadigan ijtimoiy soliq miqdoriga tenglashtiruvchi soliq solish tartibini birxillashtirish orqali soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliq yukini teng taqsimlash imkonini oshirish asoslangan;
o‘zining va farzandlarining yoshidan qat’iy nazar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yosh oila deb e’tirof etiladigan eri va (yoki) xotinining birlari ta’lim olishi uchun ular tomonidan sarflanadigan xarajatlarga nisbatan imtiyoz qo‘llash taklifi asoslangan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan, soliq davri davomida ular daromadlarining yuz million so‘mdan oshgan qismiga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda soliqqa tortish amaliyotini joriy etish orqali soliq yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlash taklif etilgan;
yillik aylanma hajmi bir mlrd. so‘mdan oshgan mahalliy yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanayotganligini hisobga olib, O‘zbekiston xududida xizmatni ko‘rsatayotgan xorijiy jismoniy shaxslardan ham qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining yaxlitligi va uzluksizligini ta’minlash hamda tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni istiqbolli rivojlantirish hamda soliq yukini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollanadigan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdorini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga hisoblanadigan ijtimoiy soliq miqdoriga tenglashtiruvchi soliq solish tartibini birxillashtirish orqali soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliq yukini teng taqsimlash imkonini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-847-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 16/1-28023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga soliq solishda adolatlilik prinsipini ta’minlash hamda soliq yukini soliq to‘lovchilar o‘rtasida teng taqsimlash imkonini oshirgan;
o‘zining va farzandlarining yoshidan qat’iy nazar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yosh oila deb e’tirof etiladigan eri va (yoki) xotinining birlari ta’lim olishi uchun ular tomonidan sarflanadigan xarajatlarga nisbatan imtiyoz qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 16/1-28023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida fuqarolarning daromadlarini oshirish orqali ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yanada takomillashtirilishiga zamin yaratilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan, soliq davri davomida ular daromadlarining yuz million so‘mdan oshgan qismiga, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda soliqqa tortish amaliyotini joriy etish orqali soliq yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 16/1-28023-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliq yukini adolatli taqsimlash hamda byudjetga qo‘shimcha tushumlarni jalb qilish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini yaratgan;
yillik aylanma hajmi 1 mlrd. so‘mdan oshgan mahalliy yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanayotganligini hisobga olib, O‘zbekiston xududida xizmatni ko‘rsatayotgan xorijiy jismoniy shaxslardan ham qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining yaxlitligi va uzluksizligini ta’minlash hamda tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2024-yil 25-martdagi 16/1-28023-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari toifasini kengaytirish va faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir xil shart-sharoitlar yaratish borasidagi amaliy harakatlar samarasini oshirish imkonini bergan.