Safina Nafisa Talgatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Sanoat korxonalari sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va baholash usullarini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida)”.
08.00.13 – Menejment, (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1940.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nurullo Xamidillaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03  
Rasmiy opponentlar: Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); Jo‘raeva Nodira Qurbonovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
drayver sohalarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sifat menejmenti tizimini innovatsion rivojlanishini baholash usuli takomillashtrilgan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga xalqaro standartlartlarni joriy etilishi asosida mahsulot sifati oshirilib, sof foydasiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarda sifat menejmenti tizimini innovatsion rivojlantirish modeli hamda innovatsion texnika va raqamli texnologiyalarni qo‘llash natijasida standartlarning yagona elektron bazasini joriy etish  taklifi asoslangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va baholash usullarini takomillashtirish asosida 2027-yilgacha bo‘lgan davrdagi sof foydaning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik va tikuv - trikotaj korxonalari sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
drayver sohalarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sifat menejmenti tizimini innovatsion rivojlanishini baholash usulini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. Taklifni joriy etish asosida xozirda Andijon viloyati to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sifat menejmenti tizimi innovatsion rivojlanish darajasi o‘rta darajada ekanligi aniqlangan. Korxonalarda innovatsion raqamli texnika-texnologiyalarni joriy etish, malakali qadrlani jalb qilish  yuzasidan muammolar mavjudligi aniqlangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga xalqaro standartlartlarni joriy etilishi asosida mahsulot sifati oshirilib, sof foydasiga ijobiy ta’sir etishi aniqlanganligi sababli, xalqaro standartlartlarni joriy etish  taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi  “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmonini ishlab chiqilishida foydalanilgan. Taklifni joriy etish asosida 2023-yilga kelib Andijon viloyatidagi 264 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida  xalqaro standartlar joriy etilgan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarda sifat menejmenti tizimini innovatsion rivojlantirish modeli hamda innovatsion texnika va raqamli texnologiyalarni qo‘llash natijasida standartlarning yagona elektron bazasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi “Standartlashtirish faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-177-sonli qarorini ishlab chiqilishida foydalanilgan. Natijada standartlarning yagona elektron bazasi joriy etildi, shuningdek, tashkilotlatlarning texnik jihatdan tartibga solish mutaxassislari attestatsiyadan o‘tkazilishi hamda har uch yilda malaka oshirish kurslarida o‘qishi joriy etilgan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va baholash usullarini takomillashtirish asosida 2027-yilgacha bo‘lgan davrdagi sof foydaning prognoz parametrlari ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi VMQ-204-sonli “2022 – 2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining II-ilovasida foydalanilgan. Natijada eksport hajmini oshirish evaziga sof foydani 2023-yilga nisbatan 2027-yilda “Khantex-group” MChJda 82043,51 mln.so‘mga, “Oliy standart tex” MChJda 24134,99 mln.so‘mga, “Elegant grand teks” MChJda 33,10 mln.so‘mga oshirish imkoni yaratilgan. (Asos: “Khantex-group” MChJning 2023-yil 29-sentyabrdagi 377-son ma’lumotnomasi; “Oliy standart tex” MChJning 2023-yil 28 sentyabr 407-a-son ma’lumotnomasi; “Elegant grand teks” MChJning 2023-yil 6-oktyabr 16-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 15-maydagi 03/25-1032-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu korxonalarda sof foydaning o‘rtacha 17,6 foizga o‘sish sur’atlari prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish