Mamurov Xurshidjon Abduvohidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlari hosildorligiga ekish muddatlari va nitragin preparatining ta’siri (Farg‘ona viloyati misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx622.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mo‘minov Abduvali akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining o‘tloqi saz-allyuvial tuproqlari sharoitida soya navlarini takroriy ekin sifatida urug‘larni nitragin bilan inokulyasiya qilib ekish muddatlarini o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi saz-allyuvial tuproqlari sharoitida soya Oyjamol navi urug‘larini 20-25 iyunda, Orzu navi urug‘larini 1-5 iyuldan kechiktirmasdan ekish ilmiy isbotlangan;
urug‘larni nitragin bilan inokulyasiya qilib, 1-5.07 muddatida ekish, tuproqning 0-30 sm qatlamida soya navlari ildizlarining 82,54-81,44 foizi tarqalishiga xizmat qilib, urug‘lar boshqa (10-15.06; 20-25.06; 10-15.07) muddatlarda ekilgandagiga nisbatan “Orzu” navida 0,09-2,82 foizgacha, “Oyjamol” navida esa 1,23-3,05 foizgacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
urug‘larni inokulyasiyalab ekish natijasida soya (Oyjamol va Orzu) navlaridan 98-105 kg/ga biologik azot to‘planishi aniqlangan:
yozda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda soya etishtirish orqali fotosintetik aktiv radiatsiyadan samarali foydalanish (2,08-2,31%) mumkinligi aniqlangan;
soya navlari urug‘larini nitragin bilan ishlab, qulay muddatlarda (Oyjamol navini – 20-25 iyunda, Orzu navini – 1-5 iyulda) ekish energiyatejamkor (bioenergetik koeffisient 9,0-10,4) texnologiyaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati sharoitida soya navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni nitragin bilan inokulyasiya qilib ekishning maqbul muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Donchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Bakterial o‘g‘itlardan foydalanib takroriy ekin sifatida soya etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 13-iyundagi №05/23-04/2874-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida soya navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Soyaning “Orzu” hamda “Oyjamol” navlari O‘zbekiston tumani “Sarshox Abduqodir” fermer xo‘jaligida 8,4 gektar, “Meliqo‘zi ota” fermer xo‘jaligida 11,2 gektar, “Mo‘minjon ota” fermer xo‘jaligida 14,0 gektar, “Fozilxon ota” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, jami 43,6 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 13-iyundagi №05/23-04/2874-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekish oldidan nitragin bilan inokulyasiya qilinib, 15-20.06 muddatida ekib etishtirish yuqori samara berishi aniqlangan;
Soyaning “Orzu” hamda “Oyjamol” navlari urug‘larni ekish oldidan nitragin bilan inokulyasiya qilib, 15-20.06 muddatida ekib etishtirish texnologiyasi O‘zbekiston tumanida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 13-iyundagi №05/23-04/2874-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali ekinlarni o‘sib rivojlanishi davrida fotosintetik potensiali, umumiy va aktiv simbioz potensiali, bioenergetik samaradorligi ortishi hisobiga rentabellik darajasi 110-121 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish