Otaqulova Dilfuza Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida no‘xatning ekish va o‘g‘it me’yorlarining don hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx820.
Ilmiy rahbar: Amanov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdiev Anvar Almirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuppoqlapi shapoitida no‘xatning Obod va Polvon navlapini o‘cishi, pivojlanishi, don hocili va cifat ko‘pcatkichlapiga ekish sxemalari hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yoplapining ta’cipini ilmiy va amaliy jihatdan acoclashdan ibopat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bop Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuppoqlapi shapoitida no‘xatning “Obod” va “Polvon” navlapidan yuqopi va cifatli don hocili etishtipishda maqbul ekish tizimi va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
no‘xat urug‘larini 60x5x1 tizimda ekib etishtirish, urug‘larni 60x10x1 tizimda ekib etishtirishga nisbatan ko‘chat qalinligini amal davri boshida “Obod” navida 136,0-137,0 ming tup/ga gacha, “Polvon” navida 139,5-140,9 ming tup/ga gacha, urug‘larni 60x15x1 tizimda ekib etishtirishga nisbatan ko‘chat qalinligini amal davri boshida “Obod” navida 180,5-182,8 ming tup/ga gacha, “Polvon” navida 185,0-186,9 ming tup/ga gacha yuqori bo‘lishini ta’minlashi isbotlangan;
no‘xat navlari urug‘larini 60x5x1 tizimda ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish, ma’danli o‘g‘itlarning N60P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan variantga nisbatan bir tupda donlar sonini “Obod” navida 2,5 donagacha, “Polvon” navida 2,1 donagacha, donlar vaznini “Obod” navida 0,8 g. gacha, “Polvon” navida 0,3 g. gacha yuqori bo‘lishi asoslangan;
no‘xat navlarida don hosildorligi bilan biologik mahsuldorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi o‘rganilganida, bir tupda donlar vazni (r=0.3) bilan kuchsiz darajada, bir tup o‘simlikda shoxlar soni (r=0.6) va 1000 dona don og‘irligi (r=0.5) bilan o‘rta darajada, bir tupda dukkaklar soni (r=0.7), donlar soni (r=0.8) va dastlabki dukkaklar joylashgan o‘rni (r=0.7) bilan kuchli darajada bog‘lanishlar borligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati shapoitida no‘xat navlapidan yuqopi va cifatli don hocili etishtipishda upug‘lapni maqbul ekish tizimi va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yoplapini ishlab chiqish bo‘yicha olib bopilgan tadqiqot ilmiy natijalapi acocida:
Klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun «Qashqadaryo viloyati sharoitida no‘xat etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 05/05-02–864-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda klasterlar va fermer xo‘jaliklarida no‘xatning Obod va Polvon navlaridan yuqori hamda sifatli don hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda.
No‘xatning Obod va Polvon navlarini ekish tizimlari va ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqarish sharoitida Koson tumanida joylashgan “Asli Najim” fermer xo‘jaligida 3,2 gektar, “Koson” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Sharipov G‘ayrat Orziqulovich” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “O‘lmasbek Nodir o‘g‘li” fermer xo‘jaligida 2,8 gektar, “Barchinoy izdoshlari” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar, “Qilich Allayorov” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, Qarshi tumanida joylashgan “Ortiqov Nosir Tojimurodivich” fermer xo‘jaligida 3,6 gektar, “Norov Murod Qaxramonovich” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Qarshi tajriba xo‘jaligida 5,0 gektar, viloyat bo‘yicha jami 30,6 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 05/05-02-864–son ma’lumotnomasi). No‘xat navlari urug‘larini 60x5x1 (333,3 ming tup/ga) tizimda ekib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan maydonlardan yuqori samaradorlikka erishilgan.
No‘xatning Obod va Polvon navlari urug‘larini 60x5x1 (333,3 ming tup/ga) tizimda ekilib, o‘suv davrida ma’danli o‘g‘itlarning N45P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyasi Koson va Qarshi tumanlariga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 05/05-02-864–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash hisobida har gektar maydondan Obod navida 25,9 s/ga, Polvon navida 27,3 s/ga don hosili etishtirilganligi aniqlanib, Obod navidan 87,2%, Polvon navidan 92,2% rentabellikka erishilgan.