Pirova Mehribon Kurbondurdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tritikaledan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda turli ekish muddatlarida urug‘ ekish me’yorlarini ishlab chiqish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1403.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ismoiljon Ibraximjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jumaboev Zuxriddin Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi tritikale navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda turli muddatlariga bog‘liq holda maqbul urug‘ sarf me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening mahalliy “Farxod” va xorijiy “Norman” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘ ekish muddatlariga bog‘liq holda maqbul urug‘ sarf me’yorlari aniqlangan;
kuzgi tritikale navlari urug‘lari 15-sentyabr muddatida ekilganida gektariga 4,0 mln dona/ga, 1-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 5,0 mln dona, 15-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekish yuqori samara berishi isbotlangan;
kuzgi tritikale navlari urug‘lari turli muddat va me’yorlarda ekilganida, unib chiqqan ko‘chatlarning amal davri oxirigacha yashovchanligi bo‘yicha “Farxod” naviga nisbatan “Norman” navi ustunlik ko‘rsatib, urug‘lar 15-sentyabr muddatida ekilganida 0,7-1,0%, 1-oktyabr muddatida ekilganida 0,5-1,1%, 15-oktyabr muddatida ekilganida 0,6-0,9% gacha yuqori bo‘lgan bo‘lsa, umumiy poyaga nisbatan mahsuldor poyalar nisbati bo‘yicha “Norman” naviga nisbatan “Farxod” navida ustunlik kuzatilib, urug‘lar 15-sentyabr muddatida ekilganida 0,5-0,7%, 1-oktyabr muddatida ekilganida 0,7-0,9%, 15-oktyabr muddatida ekilganida 0,9-1,1% gacha yuqori bo‘lishi asoslangan;
donlarning sifat ko‘rsatkichlariga kuzgi tritikale navlari urug‘lari turli muddat va me’yorlarda ekib etishtirish o‘z ta’sirini o‘tkazib, oqsil miqdori bo‘yicha “Farxod” naviga nisbatan “Norman” navida urug‘lar 15-sentyabr muddatida ekilganida 0,1-0,3%, 1-oktyabr muddatida ekilganida 0,1-0,3%, 15-oktyabr muddatida ekilganida 0,2-0,3% gacha yuqori bo‘lgan bo‘lsa, don tarkibida kleykovina bo‘yicha “Norman” naviga nisbatan “Farxod” navida urug‘lar 15-sentyabr muddatida ekilganida 0,4-0,6%, 1-oktyabr muddatida ekilganida 0,5-0,6%, 15-oktyabr muddatida ekilganida 0,5-0,7% gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sharoitida kuzgi tritikale navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Xorazm viloyati sharoitida tritikale etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 8.08.2024 yildagi №05/06-02-626-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida kuzgi tritikale navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi tritikalening “Farxod” hamda “Norman” navlari Urganch tumani “Qalandar Sapaev” fermer xo‘jaligida 10,2 gektar, “Jayxun Chorva nasl” fermer xo‘jaligida 8,8 gektar, “Xayvat” fermer xo‘jaligida 8,8 gektar, Bog‘ot tumani “Shomurod bobo nabirasi Umidjon” fermer xo‘jaligida 5,7 gektar, “Ro‘zmat Matyoz” fermer xo‘jaligida 9,3 gektar, “Cho‘lquvar” fermer xo‘jaligida 7,4 gektar, “Quronboy Sodiq” fermer xo‘jaligida 10,6 gektar, jami 60,8 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 8.08.2024 yildagi №05/06-02-626-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 15-sentyabr muddatida ekilganida gektariga 4,0 mln dona, 1-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 5,0 mln dona, 15-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi tritikalening “Farxod” hamda “Norman” navlarini 15-sentyabr muddatida ekilganida gektariga 4,0 mln dona, 1-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 5,0 mln dona, 15-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib etishtirish texnologiyasi Urganch va Bog‘ot tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 8.08.2024 yildagi №05/06-02-626-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali rentabellik darajasi “Farxod” navida 46,3 foizga, “Norman” navida 48,7 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish