Ergashev Iftixor Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rxok tuproqlardan sun’iy o‘stirish maydonlari sifatida foydalanish usullarini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1243
Ilmiy rahbar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Komilov Baxtiyor Sultonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muommalari ilmiy dadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sho‘rxok tuproqlardan sun’iy o‘stirish maydonlari sifatida poliz ekinlarni etishtirishda foydalanish usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan erlar tarkibidagi qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqarilgan sho‘rxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdori quruq qoldiq bo‘yicha 2,184 – 2,253 %, xlor – ioni bo‘yicha 0,423-0,897 %, tuproqning mexanik tarkibi (1 m qatlamda) o‘rta qumoq, tuproqning 0–30 sm qatlamida gumus miqdori 0,591%, harakatchan fosfor 10,4 mg/kg, almashinuvchan kaliy 215,0 mg/kg, tuproqning zichligi 1,40-1,45 g/sm3, sizot suvlarining joylashish chuqurligi 107-145 sm, minerallashganlik darajasi 9,5-14,3 g/l bo‘lganligi aniqlangan;
sho‘rxok tuproqlarni meliorativ agrotadbirlarni bajarmasdan, sho‘rlanishdan himoya qiluvchi: plasmassa tuvakchalar va polietilen plyonka bilan himoyalash usullaridan foydalanib sun’iy substratlarda poliz ekinlarini etishtirishda maqbul substart tarkibi, tomchilatib sug‘orish tartibi va me’yorlari ishlab chiqilgan;
sho‘rlanishdan himoyalangan va substrat sharoitida etishtirilgan poliz ekinlarini tomchilatib sug‘orishda sug‘orish soni 70-73 marta, sug‘orish me’yori 6,2-12,5 m3/ga, mavsumiy sug‘orish me’yori 626-979 m3/ga dan iborat bo‘lganligi aniqlangan.
sho‘rlanishdan himoyalangan, tarkibida sho‘rlanmagan tuproq -30%, qum-20% va chirigan go‘ng -50% bo‘lgan sun’iy substratlarda poliz ekinlarini tomchilatib sug‘orish usuli bilan etishtirish yuqori hosildorlik va iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rxok tuproqlardan sun’iy o‘stirish maydonlari sifatida foydalanish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natihalari asosida:
Respublikamizning sug‘oriladigan sho‘rxok tuproqlari ya’ni qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketgan tashlandiq erlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda sun’iy foydalanish usullari ishlab chiqilib, “Sho‘r erlarda poliz ekinlarini etishtirish usuli” nomli foydali modelga patent (FAP01991) olingan hamda fermer xo‘jaliklarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi №02/13-2787 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rxok tuproqlarni tupdan meliorativ agrotadbirlarni bajarmasdan, qovun va tarvuzni plastmassa tuvaklar va polietilin plyonka bilan sho‘rlanishdan himoya qilingan holda, maxsus tayyorlangan substratlarda tomchilatib sug‘orish usuli bilan etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sho‘rxok tuproqlardan sun’iy o‘stirish maydonlari sifatida foydalanib poliz ekinlarini etishtirish texnologiyasi 2023-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani «Bahorning ilk kunlari» fermer xo‘jaligi va «Mirzacho‘l Donald Duck» MChJ da jami 0,5 gektar maydonga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi №02/13-2787 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qovunning “Dakaro” navidan 22 t/ga hamda tarvuzning “Auprodyuser” navidan 33 t/ga hosil olingan;
sho‘rxok tuproqlardan sun’iy o‘stirish maydonlari sifatida foydalanib poliz ekinlarini etishtirish texnologiyasi 2023-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani «Mirzacho‘l Donald Duck» MChJda 0,1 gektar maydonga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 31-iyuldagi №02/13-2787 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, poliz ekinlarining o‘sish va rivojlanish fazalari bo‘yicha tuproqdagi sug‘orish oldi namligini, mavsumiy sug‘orish me’yori 882 m3/ga bo‘lishini ta’minlagan holda nazorat variantiga nisbatan tajriba variantilarida sug‘orish suvi 5 foizgacha tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish