Koxxarov Mirzoxid Xusanboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «5A tipidagi sintetik seolitlarda organik va noorganik birikmalar adsorbsiyasining asosiy termodinamik xususiyatlari va mexanizmlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/K171.
Ilmiy maslahatchi: Raxmatkarieva Feruza Gayratovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Hamdamov Dovron Abdukodirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ochilov G‘olibjon Mamayunusovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5A rusumidagi seolitlarda turli fizkimyoviy tabiatdagi molekulalar adsorbsiyasining izotermalari, differensial ental`piyalari, entropiya o‘zgarishi, issiqlik muvozanati vaqti xususiyatlarini va adsorbsiya mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sa2+ va Na+ kationli 5A rusumidagi seolitlarda NH3, H2S, COS, C2H6, CH3SH molekulalari adsorbsiyasining izotermalari, issiqlik muvozanati vaqti va asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) aniqlangan, adsorbsiya izotermalari MHTNda qayta tavsiflangan, adsorbsiya izotermalari va mexanizmlari MHTNning uch hadli matematik apparati tenglamalari asosida isbotlangan;
NH3 molekulalari CaA (M-22) seolitining Na+ kationlari bilan tetramer 4NH3:Na+, Sa2+ kationlari bilan dimer 2NH3:Sa2+ ion-molekulyar komplekslarini, Sa2+ da adsorbsiyalangan 2 ta NH3 molekulalari bilan keyingi NH3 molekulalari adsorbent-adsorbat-adsorbat Sa2+:2NH3:2NH3, umumiy holda 8NH3:CaA (M-22) kompleksini hosil qilishi aniqlangan;
CaA (M-34) seolitining Na+ kationlari bilan NH3 molekulalari tetramer 4NH3:Na+, Sa2+ kationlari bilan dimer 2NH3:Sa2+ ion-molekulyar komplekslarini hosil qilishi, adsorbat-adsorbat adsorbsiyalanmasligi, umumiy holda 6NH3:CaA (M-34) kompleksini hosil qilishi isbotlangan;
CaA (M-22) seolitining Na+ kationlari bilan H2S molekulalari trimer 3H2S:Na+, Sa2+ kationlari bilan monomer 1H2S:Sa2+ ion-molekulyar komplekslarini, umumiy holda 4H2S:CaA (M-22) kompleksini hosil qilishi va 0,78 mmol`/g H2S molekulalari seolitning kationsiz qismida adsorbsiyalanishi aniqlangan;
CaA (M-34) seolitining Na+ kationlari bilan H2S molekulalari tetramer 4H2S:Na+, Sa2+ kationlari bilan monomer 1H2S:Sa2+ ion-molekulyar komplekslarini, umumiy holda 5H2S:CaA (M-34) kompleksini hosil qilishi va 0,8 mmol`/g H2S molekulalari seolitning kationsiz qismida adsorbsiyalanishi isbotlangan;
CaA (M-22) va CaA (M-34) seolitining Na+ kationlari bilan COS molekulalari trimer 3COS:Na+, Sa2+ kationlari bilan monomer 1COS:Sa2+ ion-molekulyar komplekslarini, umumiy holda 4COS:CaA kompleksini hosil qilishi aniqlangan;
CaA (M-22) va CaA (M-34) seolitining Na+ kationlari bilan etan molekulalari dimer 2C2H6:Na+ ion-molekulyar komplekslarini hosil qilishi, tajriba bosimida Sa2+ kationlarida adsorbsiyalanmasligi isbotlangan;
CaA (M-22), CaA (M-34) seolitlarining Na+ va Sa2+ kationlari bilan CH3SH molekulalari 1CH3SH:Na+ hamda 1CH3SH:Sa2+ monomer ion-molekulyar komplekslarini, seolitlarning Na+ kationida adsorbsiyalangan dastlabki CH3SH molekulalari bilan adsorbat-adsorbat monomer kompleksini, umumiy holda 3CH3SH:CaA (M-22, M-34) komplekslarini hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori vakuumli adsorbsion-kalorimetrik qurilmada adsorbsiyaning asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
SaA rusumidagi seolitlari analoglari bilan gazni suvdan tozalash «O'ZLITINEFTGAZ» AJ da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada gaz tarkibidagi suv molekulalaridan tozalash darajasini 2,9 mg/l dan 1,2 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
CaA rusumidagi seolitlari analoglari bilan gazni H2S, COS va CH3SH dan tozalash «O'ZLITINEFTGAZ» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada gaz tarkibidagi H2S 2,9 mg/l dan 0,0031 mg/l, COSni 0,487 mg/l dan 0,0031 mg/l va metilmerkaptan 0,8954 mg/l dan 0,00021 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
SaA rusumidagi seolitlar analoglari bilan gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash usuli «O'ZLITINEFTGAZ» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 7 avgustdagi 05-18-8/623-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz tarkibini ammiak 3,2 mg/l dan 1,5 mg/l va etan 1,5 mg/l dan 0,51 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
SaA rusumidagi seolitlar analoglari bilan neft mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan H2S va COS kabi qo‘shimcha birikmalardan, shuningdek CH3SH va C2H6S dan tozalash usuli «Farg‘ona NQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Farg‘ona NQIZ» MChJ ning 2023 yil 04 sentyabrdagi 01-02/2001-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft tarkibini H2S dan 98%, CH3SH va C2H6S dan 93% gacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish