Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Olamning milliy lisoniy tasvirida teomorfik metaforaning kognitiv aspekti», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4PhD/Fil355.

Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz  davlat  universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.

Rasmiy opponentlar: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bazaviy (fundamental) metaforalar qatorida tilga olinib, aslida jiddiy tadqiq etilmagan teomorfik metaforaning yuzaga chiqish mexanizmining kognitiv qonuniyatlarini tekshirish, uning olamning milliy lisoniy manzarasidagi o‘rnini belgilash va shu orqali bilishning kategoriyalovchi muhim mental-axloqiy fenomeni ekanini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:

teomorfik metafora tushunchasi Sharq va G‘arb e’tiqodiy falsafasi nuqtai nazaridan qiyoslanib, diniy hamda teomorf metafora ontologik va genetik jihatdan farqlangan;

teomorf metafora umummetaforik sistemada diniy metaforadan farqli, bazaviy metafora sifatida o‘rin egallashi asoslangan;

teomorf metaforaning yuqori chastotalilari ajratilib, olamning milliy lisoniy tasviriga kolorit qo‘shuvchi unsur ekanligi ular sirasida lingvokul`turema maqomida ommalashgan birliklari misolida dalillangan;

teomorfik metaforaning «axloqiy indikator»lik vazifasi  yoritilgan. 

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Teomorfik metaforaning lingvokognitiv, lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan kuchga kirgan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan 4.4-bandida ko‘rsatilgan “ta’lim muassasalarini o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish”ga muvofiq, dissertatsiyaning olamning milliy lingvokognitiv tasvirida axloqiy-baholovchi psixik-mental birlik sifatiga ega bo‘lgan teomorfik metafora o‘rnini dalillovchi tadqiq materiallari magistratura bosqichi 5A120102 – Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi 1-kurs talabalari uchun “Lingvokul`turologiya” o‘quv qo‘llanmasining “Metafora – madaniyat ko‘rsatkichi” nomli bo‘limiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘iga asosan nashr qilishga ruxsat berilgan; 603-274-raqamli guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3518-son ma’lumotnomasi); ilmiy natijalar asosida metaforaning yuzaga chiqish mexanizmiga doir ilmiy farazlar, umuman, metaforik tafakkurni harakatlantiruvchi kognitiv qonuniyatlar, metafora tashuvchi bilimlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish (reprezentatsiya) funksiyalarini tahlildan o‘tkazishga doir nazariy qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;

o‘zbek nutqi metaforik xususiyatlarining teomorf obrazlarga daxldor jihatlari, shu obrazlarning genezisi, ularning ilk mifologik dunyoqarash  shakllanishida  tutgan  o‘rni, metaforaning  shakllanishiga doir miflarning milliy xoslangan metaforik  fikrlash tarzining mexanizmini tushuntirib berishda va bu orqali tafakkur faoliyatining milliy xoslanishini  izohlashda dalil  bo‘la olishi to‘g‘risidagi xulosalar teomorf metafora ob’ektini tashkil etuvchi teomorf obrazlarning etnogenezisi va konseptual tahliliga bag‘ishlangan “O‘zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lug‘ati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3518-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi boy adabiy an’analarimizning shakllanish asoslari va taraqqiyot xususiyatlari, sintezlashish  jarayonining mohiyatini yoritib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish