Normatov Shovkat Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bir jinsli bo‘lgan gruntli qiyaliklar ustuvorligini muhandislik yondashuvining turli usullarida baholash tahlili», 05.09.02–“Geotexnika” (Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2435
Ilmiy rahbar: Xusanov Baxtiyar Ergashbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.08.2022.T.61.02.
Rasmiy opponentlar: Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jaevich texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli geometriyali qiyaliklarga ega gruntli massivning doiraviy- silindrik siljish sirtlariga asoslangan holda mumkin bo‘lgan siljish sirtini aniqlash usulini ishlab chiqish va qiyalik ustuvorligini baholashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doiraviy-silindrik siljish sirti markazini aniqlash usuli aylana markazining joylashishi va radiusni topish sohasining aniqligini ortishi bilan takomillashtirilgan;
gruntli qiyaliklar ustuvorligini doiraviy-silindrik siljish sirti usuli bo‘yicha hisoblashda, ustuvorlik koeffisientini aniqlash usuli, aylana radiusini yoy vatari o‘rtasidan o‘tuvchi perpendikulyarda joylashishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
gruntli qiyaliklar ustuvorligining zahira koeffisientini minimal qiymatiga mos keladigan ellipso-silindrik siljish sirti markazi va radiusini aniqlash orqali ustuvorligini baholash usuli urinma kuchlanishlar nisbatining kritik qiymatiga bog‘liq holda ishlab chiqilgan;
gruntli qiyaliklarning ustuvorligini baholashning muhandislik yondashuviga asosan, me’yoriy hujjatlarga muvofiq hisoblashda gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi sifatida kuchlanishlarning chegaraviy qiymati qabul qilinishi, ustuvorlik koeffisientining eng kichik qiymatiga mos kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gruntli to‘g‘on qiyaliklari, tabiiy va karer qiyaliklarining ustuvorligini baholash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gruntli to‘g‘onlar va qiyaliklami ustuvorligini baholashning takomillashtirilgan doiraviy- silindrik siljish sirti usuli va dasturi Jiydalisoy suv ombori to‘g‘onining ustuvorligini baholashda qo‘llanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11-noyabrdagi 02/13-4209 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari Jiydalisoy suv ombori to‘g‘onining ustuvorligini baholashda qo‘llanilishi seysmik hududlarda gidrotexnik inshootlami mustahkamligini baholash jarayonida hisoblash aniqligining ortishi va vaqtni 1,2 marta tejash imkonini bergan;
gruntli qiyaliklar ustuvorligini baholashning yangi muhandislik usuli Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida gruntli qiyaliklaming ustuvorligini baholashda foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11-noyabrdagi 02/13-4209 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilinishi statik va dinamik kuchlar ta’siri hisobga olinganda, ustuvorlik koeffisientini 20 foiz zdhdrajbilan hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish