Nazarov O‘ktam Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Omon Muxtor romanlarida badiiy xronotop muammosi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.2.PhD/Fil 12.
Ilmiy rahbar: Abduhamid Xolmurodov filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,. PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich filologiya fanlari doktori; Doniyorova Shoira Xursanovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Muxtor romanlari misolida xronotop shakllarini belgilash asosida romanlarning badiiy-funksional strukturasini aniqlash, yozuvchining milliy romanchilikdagi o‘rnini baholashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mustaqillik davri o‘zbek milliy romanchiligidagi xronotopning an’anaviy, yondosh, sinkretik shakllari aniqlangan;
xronotopning epik asar badiiy matni va syujet maydonida tutgan o‘rni, xronotop shakllari romanlar badiyati, ijodkorning tarix va zamonaviy hayot haqiqatini badiiy aks ettirish mahoratiga ta’sir etishi Omon Muxtor romanlari misolida yoritilgan;
yirik epik shakl qurilmasi, syujet hududi, qahramon va personajlar tizimi, romanning badiiy-falsafiy konsepsiyasi va poetikasi xronotop bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan;
adib romanlaridagi badiiy xronotoplarning badiiy-funksional jihatlari, badiiy zamon va badiiy makonlarning asar syujet-kompozision qurilmasini vujudga keltirish nuqtai nazaridan ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy xronotop masalasini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy xronotop masalasi, milliy romanchilikdagi xronotop shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yirik epik shakl qurilmasi, syujet hududi, qahramon va personajlar tizimi, romanning badiiy-falsafiy konsepsiyasi, badiiy matn poetikasining xronotop bilan bevosita bog‘liq ekanligi, ijtimoiy tafakkur rivojida romanlarning o‘rni masalalari echimidan OT-F8-090 raqamli «Jadid adabiyoti – jahon ilg‘or adabiyotining sintezi sifatida» (2007-2011) fundamental loyihasida xronotopning epik asar badiiy matni, syujet maydonidagi o‘rnini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi № 89-03-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada romanlardagi xronotop shakllari va ulardagi o‘ziga xosliklar, romanlar badiiyati, ijodkorning tarix va zamonaviy hayot haqiqatini badiiy aks ettirish mahoratiga oid qarash-mulohazalar bilan boyigan;
Omon Muxtor romanlari misolida adabiy ta’sir va badiiy sintez masalalari echimidan F-1-06 «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida G‘arbu Sharq adabiy an’analari sintezi» (2012-2016 ) fundamental loyihasida xronotop tushunchasining o‘zbek adabiyotshunosligida qo‘llanilishi, uning xronotop badiiyatini ochib berishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi № 89-03-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek romanlarida xronotopning badiiy-funksional strukturasi aniqlanib, uning epik badiiy matndagi, syujet maydonidagi o‘rni, shakllari, o‘ziga xos xususiyatlari belgilab ko‘rsatilgan. Yirik epik shakl qurilmasi, syujet hududi, qahramon va personajlar tizimi, romanning badiiy-falsafiy konsepsiyasi va poetikasi xronotop bilan bevosita bog‘liqligi asoslangan;
badiiy xronotopga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Oilaviy” telekanalida efirga uzatilgan “Oila mundarijasi”,”Maktab va oila” tok-shoulari, shuningdek, “Oilaviy tong”, “Ayol va zamon”, “Oila sha’ni” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“Oilaviy” telekanalining 2017 yil 24 noyabrdagi № 39-39-1994-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, mazmuni mukammallashgan;
milliy va jahon romanchiligi bo‘yicha xulosa va tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2015-2017 yillarda efirga uzatilgan “Adabiyot darsi”, “Adabiy muhit”, “Ilm dunyosi” kabi ko‘rsatuv hamda radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2017 yil 4 dekabrdagi 1/319-son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariylarning mazmuni yosh avlod ma’naviy va axloqiy tarbiyasi va ularning badiiy-estetik takomiliga oid fikr-mulohazalar bilan boyigan.