Yaxyoeva Hilola Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan shaxslarda qalqonsimon bez faoliyatining morfofunksional va ul`tratovushli anatomiyasining o‘ziga xos xususiyatlari », 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3481.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraeva Aziza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori; Atadjanova Muborak Masharipovna, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan shaxslarda qalqonsimon bez faoliyatining morfofunksional va ul`tratovushli tekshirishdagi o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishdan 6 oy keyingi muddatlarda ham qondagi giperkoagulyasion holat saqlanganligi, hamda yallig‘lanish markyorlaridan S-reaktiv oqsil miqdorining asosiy va qiyosiy guruhlarda meyor chegerasidan 1,2 va 1,1 martaga, fibrinogen miqdorining esa mos ravishda 1,3 va 1,5 martaga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
qalqonsimon bez patologiyasi mavjud bemorlarda koronavirus infeksiyasidan keyin bez morfometrik parametrlaridagi o‘zgarishlar, gormonal fondagi buzilishlar yaqqolroq ko‘zga tashlanishi aniqlangan bo‘lib, oldindan mavjud bo‘lgan patologiyaning koronavirus infeksiyasidan so‘ng chuqurroq rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan ilgari qalqonsimon bez kasalligi tashxisi qo‘yilmagan insonlarda ham bez ul`tratovush tekshiruvida morfometrik ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada salbiy tomonga siljiganligi, xususan bez o‘rtacha hajmi kattalashganligi, exostrukturaning geterogenligi, exogenligining yuqori bo‘lishi kabi o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan;
olib borilgan klinik-laborator va ul`tratovush tahlillar asosida qalqonsimon bez disfunksiyasi mavjud, hamda ilgari bez patologiyasi mavjud bo‘lmagan bemorlarda koronavirus infeksiyasidan so‘ng yuzaga keladigan patologik holatlarini erta aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda qalqonsimon bez faoliyatining morfofunksional va ul`tratovushli anatomiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishdan 6 oy keyingi muddatlarda ham qondagi giperkoagulyasion holat saqlanganligi, hamda yallig‘lanish markyorlaridan S-reaktiv oqsil miqdorining asosiy va qiyosiy guruhlarda meyor chegerasidan 1,2 va 1,1 martaga, fibrinogen miqdorining esa mos ravishda 1,3 va 1,5 martaga yuqori bo‘lganligi Navoiy filiali buyrug‘i (26.07.2024 yil, №46) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (22.08.2024 yil, №01/503) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/29-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda qalqonsimon bezdagi patologik holatlarning kelib chiqishidagi ahamiyatini o‘rganishga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan so‘ng ham organizmda giperkoagulyasiya hamda tizimli yallig‘lanish prediktorlarining yuqori bo‘lishi qalqonsimon bezda patologik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘z vaqtida reabilitatsion davo muolajalarini o‘tkazish tufayli qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanishi oldi olinishiga erishilgan. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda tromboembolik asoratlar xavfining oshishini hisobga olgan holda, antikoagulyantlarni va birinchi navbatda mayda molekulyar geparin profilaktik va davolovchi vosita sifatida qo‘llash tavsiya qilinishi imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: qalqonsimon bez patologiyasi mavjud bemorlarda koronavirus infeksiyasidan keyin bez morfometrik parametrlaridagi o‘zgarishlar, gormonal fondagi buzilishlar yaqqolroq ko‘zga tashlanishi aniqlangan bo‘lib, oldindan mavjud bo‘lgan patologiyaning koronavirus infeksiyasidan so‘ng chuqurroq rivojlanishiga sabab bo‘lishi  Navoiy filiali buyrug‘i (26.07.2024 yil, №46) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (22.08.2024 yil, №01/503) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/29-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning qalqonsimon bez disfunksiyasini erta baholash algoritmini qo‘llash, maqsadli davolash va profilaktika tadbirlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan maxsus algoritm yordamida aholi o‘rtasida ambulatoriya sharoitida qalqonsimon bez disfunksiyasini oldini olishni optimallashtirish bo‘yicha taklif qilingan uslubiy tavsiyalar bemorlarni qiyosiy an’anaviy davolash bilan bog‘liq profilaktika ishlarini bajarish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa: qalqonsimon bez patologiyasi mavjud bemorlarda koronavirus infeksiyasidan keyin bez morfometrik parametrlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniklash orqali reabilitatsion davo choralarini berishi imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan ilgari qalqonsimon bez kasalligi tashxisi qo‘yilmagan insonlarda ham bez UT tekshiruvida morfometrik ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada salbiy tomonga siljiganligi, xususan bez o‘rtacha hajmi kattalashganligi, exostrukturaning geterogenligi, exogenligining yuqori bo‘lishi kabi o‘zgarishlar yuzaga kelishi Navoiy filiali buyrug‘i (26.07.2024 yil, №46) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (22.08.2024 yil, №01/503) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/29-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda qalqonsimon bezdagi patologik holatlarning kelib chiqishidagi ahamiyatini o‘rganishga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan so‘ng ham organizmda giperkoagulyasiya hamda tizimli yallig‘lanish prediktorlarining yuqori bo‘lishi qalqonsimon bezda patologik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘z vaqtida reabilitatsion davo muolajalarini o‘tkazish tufayli qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanishi oldi olinishiga erishilgan. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda tromboembolik asoratlar xavfining oshishini hisobga olgan holda, antikoagulyantlarni va birinchi navbatda mayda molekulyar geparin profilaktik va davolovchi vosita sifatida qo‘llash tavsiya qilinishi imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olib borilgan klinik-laborator va ul`tratovush tahlillar asosida qalqonsimon bez disfunksiyasi mavjud, hamda ilgari bez patologiyasi mavjud bo‘lmagan bemorlarda koronavirus infeksiyasidan so‘ng yuzaga keladigan patologik holatlarini erta aniqlash algoritmi Navoiy filiali buyrug‘i (26.07.2024 yil, №46) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (22.08.2024 yil, №01/503) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/29-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning qalqonsimon bez disfunksiyasini erta baholash algoritmini qo‘llash, maqsadli davolash va profilaktika tadbirlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan maxsus algoritm yordamida aholi o‘rtasida ambulatoriya sharoitida qalqonsimon bez disfunksiyasini oldini olishni optimallashtirish bo‘yicha taklif qilingan uslubiy tavsiyalar bemorlarni qiyosiy an’anaviy davolash bilan bog‘liq profilaktika ishlarini bajarish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.   Xulosa: qalqonsimon bez patologiyasi mavjud bemorlarda koronavirus infeksiyasidan keyin bez morfometrik parametrlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniklash orqali reabilitatsion davo choralarini qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 433000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish