Sarkisova Lyalya Valer`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muddatiga etmagan tug‘ruqlarni tashxislash va olib borishning zamonaviy jihatlari; 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya; 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc./Tib476.
 Ilmiy maslahatchilar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Starseva Nadejda Mixailovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Fayzullaeva Nigora Yaxyoevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti( Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muddatidan oldingi tug‘ruqni bashoratlashda ona, yo‘ldosh-homila markyorlarini tashxisotini baxolash,  perinatal o‘limni kamaytirish uchun ularning asoratlariga erta tashxis qo‘yishni o‘rganishlan iborat.
III . Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek millatiga mansub bo‘lgan muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruq bilan asoratlangan homilador ayollarda IL-1β genining (T31C) polimorfizmi S alleli, S/S mutant variantli genotipi va IL-10 genining (G1082A) polimorfizmi, A allel, A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqni aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqda gemostaz tizimining D-dimer markyori va regionar, bachadon-yo‘ldosh qon aylanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqning o‘ziga xos xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining eng muhim markyorlari bo‘lgan interleykin 1β(IL-1β), o‘simta nekrozi omili (TNF-α) oshishi va interleykin-10 (IL-10) pasayishi hisobiga namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va biokimyoviy markyorlar b1-mikroglobulina, S-reaktiv oqsil, prokal`sitoni miqdorlarining oshishi, vitamin 25(OH)D, qon plazmasida progesteron va estradiol pasayishi, so‘lakda estradiol kamayishi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
muddatidan oldin tug‘ruq bilan asoratlangan homilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlari interleykin 1β  (IL-1β), o‘simta nekrozi omili (TNF-α) kon plazmasida ularning konsentratsiyasining oshishi, yallig‘lanishga qarshi sitokin interleykin -10 (IL-10) miqdorining pasayishi, gemostaz tizimi (D-dimer va fibrinogen) ko‘rsatkichlarining oshishi, bachadon arterialarida rezistentlik indeksining ortishi va homila –yo‘ldosh qon oqimining yomonlashuvi tezkor tug‘ruq uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan;
immunologik, biokimyoviy prediktorlarga asoslangan xolda, muddatidan oldin tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollarning kompleks tepapiyasiga mikronlashtirilgan progesteronni qo‘llash, xomiladorlikning uzaytirishiga va perinatal oqibatlarni yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Muddatiga etmagan tug‘ruqlarni tashxislash va olib borishning zamonaviy jihatlari mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 avgustdagi 05/58-son xulosasi olingan
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbek millatiga mansub bo‘lgan muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruq bilan asoratlangan homilador ayollarda IL-1β genining (T31C) polimorfizmi S alleli, S/S mutant variantli genotipi va IL-10 genining (G1082A) polimorfizm A allel, A/A mutant genotipi ko‘rsatkichlari muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqni aniqlashda yuqori darajada ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tekshirish usullari foydalanish muddatidan oldingi tug‘ruqni bilan asoratlangan homilador ayollarda kuzatilgan homiladorlarni asoratlarni erta erishiladi;  tadbiq etilgan kompleks yondashuv natijasida davolash davolash samardorligi oshgan. Iqtisodiy samaradorligi:  muddatidan oldingi tug‘ruqni xavfi bor va muddatidan oldingi tug‘ruq bilan asoratlangan homilador ayollarda samarali tekshiruv usuli bo‘lgan genetik teshiruvlar orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshir uvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. Bunda bir bemorda 845500 sum iqtisod qilinib, tadqiqot jarayonida kuzatuvdagi 90 nafar bemorda 76140000 so‘m byujdetdan tashqari mablag‘lardan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: muddatidan oldingi tugruk bilan asoratlangan homilador ayollar va  muddatidan oldingi tugrukni xavfi bor xomilador ayollarni erta bashoratlashdagi molekular-genetik usullar, 1 nafar bemor hisobiga kiritilayotgan usulning iqtisodiy samaradorligi uning analogiga nisbatatan arzon, yani 22 % yuqoriligini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik :  muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqda gemostaz tizimining D-dimer markyori va regionar, bachadon-yo‘ldosh qon aylanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Buxoro viloyatida yashovchi muddatidan oldingi tug‘ruq va muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollar orasida ushbu asoratlarni, uchrash darajasini kamaytirish maqsadida, regionar gemodinamika ko‘rsatkichlari va gemostaz tizimining D-dimer markyori o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandik va shunga asoslanib, akusherlik taktikasi tanlandi va natijada biz perinatal oqibatlarni yaxshilanishiga erishdik. Iqtisodiy samaradorligi: Bu mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 5 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 761400 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 38070000 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: Muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruq kuzatilgan homilador ayollarda gemostaz tizimi va regionar qon aylanish tizimi ko‘rsatkichlariga asoslanib, o‘z vaqtida akusherlik taktikasini tanlash orqali ona va bola tomondan kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan byudjet mablag‘lardan va byudjetdan tashqari mablag‘lardan iqtisod qilinishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va muddatidan oldin tug‘ruqning o‘ziga xos xavf omillarini aniqlashda, immun tizimining eng muhim markyorlari bo‘lgan interleykin 1β(IL-1β), o‘simta nekrozi omili (TNF-α) oshishi va interleykin-10 (IL-10) pasayishi hisobiga namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va biokimyoviy markyorlar α1-mikroglobulina, S-reaktiv oqsil, prokal`sitoni miqdorlarining oshishi, vitamin 25(OH)D, qon plazmasida progesteron va estradiol pasayishi, so‘lakda estradiol kamayishi ko‘rsatkichlari aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: muddatidan oldingi tug‘ruq va muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollarda erta aniqlash usullarini takomillashtirishga va bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish muddatidan oldingi tug‘ruq bilan asoratlangan ayollarni erta tashxislash ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1314000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 468500 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 5622000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bo‘lgan  homilador ayollarni erta tashxislash ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ruq bilan asoratlangan homilador ayollarda yallig‘lanish oldi sitokinlari interleykin 1β  (IL-1β), o‘simta nekrozi omili (TNF-α) kon plazmasida ularning konsentratsiyasining oshishi, interleykin -10 (IL-10) miqdorining pasayishi, gemostaz tizimi (D-dimer va fibrinogen ) ko‘rsatkichlarining oshishi, bachadon arterialarida rezistentlik indeksining ortishi va homila –yo‘ldosh qon oqimining yomonlashuvi tezkor tug‘ruq uchun ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda IL-1β, IL-10, TNF-α va gemostaz tizimi, bachadon arteriyalari rezistentlik indeksining ortishi muddatidan oldingi tug‘ruqni keltirib chiqarishi isbotlangan va ushbu ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 750 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 195 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: muddatidan oldingi tug‘ruq va muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollar bashoratlashga va erta aniqlashda, mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 32000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: immunologik, biokimyoviy prediktorlarga asoslangan xolda, muddatidan oldin tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollarning kompleks tepapiyasiga mikronlashtirilgan progesteronni qo‘llash, xomiladorlikning uzaytirishiga va perinatal oqibatlarni yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib muddatidan oldingi tug‘ruq va muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollarda akusherlik va perinatal ko‘rsatkichlar asoratlari pasayishiga va natijasida ayollarning hayot sifati samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: muddatidan oldingi tug‘ruq va muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi bilan asoratlangan homilador ayollarda diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 5622000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish