Fazilova Maxshura Olimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Rivojlanmagan xomiladorlikdan keyingi prekonsepsion tayyorgarlikni takomillashtirish", 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2203.
Ilmiy raxbar: Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; En`kova Elena Vladimirovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anamnezida rivojlanmaydigan homiladorlik bo‘lgan ayollarda endometriydagi buzilishlarini erta tashxislash va prekonsepsion tayyorlash usullarini takomillashtirish orqali keyingi homiladorlik natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fertil` yoshdagi rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda quyidagi xavf omillari: yuqori paritet (ikki va undan ortiq rivojlanmagan homiladorlik, (95%), bepushtlik (13,8%), bachadon ichi kontratseptividan foydalanish (95%), kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari (76,3%) va anamnezda sun’iy va o‘z-o‘zidan bo‘lgan abortlar (95%) aniqlangan;
rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda endometriy xolati baxolanganda xayzning I fazasida endometriy (M-exo) qavatining qalinligi nazorat guruhga nisbatan 10%ga kam bo‘lganligi (p<0,001), II fazada esa bu ko‘rsatkich 2 barobar (p<0,001) kamayganligi va bemorlar qonida glikodelin miqdori o‘rtacha 3,01 ± 5,30 ng/mlgacha pasayganligi aniqlangan;
ilk bor rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda endometriydagi angiogenezni va biosintezni qayta tiklash maqsadida trombotsitlar bilan boyitilgan plazmani (PRP) qo‘llash orqali prekonsepsion tayyorgarlik usuli takomillashtirilgan;
ilk bor anamnezida rivojlanmagan homiladorlik kuzatilgan ayollarda qon zardobidagi glikodelin miqdori va trombotsitlar bilan boyitilgan plazma qo‘llanilishi o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va takomillashtirilgan prekonsepsion tayyorgarlik usuli samaradorligi 82,5% tashkil etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rivojlanmagan xomiladorlikdan keyingi endometrining prekonsepsion tayyorgarlikni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: fertil` yoshdagi rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda quyidagi xavf omillari: yuqori paritet (ikki va undan ortiq rivojlanmagan homiladorlik, (95%), bepushtlik (13,8%), bachadon ichi kontratseptividan foydalanish (95%), kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari (76,3%) va anamnezda sun’iy va o‘z-o‘zidan bo‘lgan abortlar (95%) aniqlangan va ular buyicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 19 apreldagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Rivojlanmagan xomiladorlikning erta bashorat kilish va tashxislashning zamonoviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand shahar filiali 2023 yil 9 fevraldagi 115/4-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2023 yil 4 apreldagi 131/8-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 08 iyul 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlikning xavf omillarini va keltib chikaradigan sabablarini o‘z vaqtida erta aniklash, keyingi xomiladorlikda xomilani rivojlanmay kolinishini oldini olishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlikning kaytalanishini oldini olish natijasida ayollarda chuqur laborator va instrumental tekshirishlar (kardiolipin, beta glikoprotein, volchanochniy antikougulyant) o‘tkazilishiga talab bo‘lmaganligi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda endometriy xolati baxolanganda xayzning I fazasida endometriy (M-exo) qavatining qalinligi nazorat guruhga nisbatan 10%ga kam bo‘lganligi (p<0,001), II fazada esa bu ko‘rsatkich 2 barobar (p<0,001) kamayganligi va bemorlar qonida glikodelin miqdori o‘rtacha 3,01 ± 5,30 ng/mlgacha pasayganligi aniqlangan va ular buyicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 19 apreldagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Rivojlanmagan xomiladorlikning erta bashorat kilish va tashxislashning zamonoviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand shahar filiali 2023 yil 9 fevraldagi 115/4-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2023 yil 4 apreldagi 131/8-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 08 iyul 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda endometriy xolati baxolash uchun glikodelin (al`fa-2-mikroglabulin) miqdorini aniqlash xomilaning kayta rivojlanmay kolishini oldini olishga qaratilgan davolash chora-tadbirlari taktikasini belgilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda xomiladorlikni kayta rivojlanmay qolishini oldini olish natijasida statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish va 210000 ming so‘m miqdorida davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchunchi ilmiy yangilik: ilk bor rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda endometriydagi angiogenezni va biosintezni qayta tiklash maqsadida trombotsitlar bilan boyitilgan plazmani (PRP) qo‘llash orqali prekonsepsion tayyorgarlik usuli takomillashtirilgan va ular buyicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 19 apreldagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Rivojlanmagan xomiladorlikning erta bashorat kilish va tashxislashning zamonoviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand shahar filiali 2023 yil 9 fevraldagi 115/4-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2023 yil 4 apreldagi 131/8-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 08 iyul 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar ayolarda takroriy rivojlanmagan xomiladorlikning rivojlanishini bashoratlashda shaxsiy yondashuvni qo‘llashga, profilaktik va davolash tadbirlarini olib borishning eng maqbul usullarini aniqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ayollarda rivojlanmagan xomiladorlikning qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida statsionar va ambulator davolanish xarajatlarini kamaytirish natijasida bitta bemor uchun 1650000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
turtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anamnezida rivojlanmagan homiladorlik kuzatilgan ayollarda qon zardobidagi glikodelin miqdori va trombotsitlar bilan boyitilgan plazma qo‘llanilishi o‘rtasidagi to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va takomillashtirilgan prekonsepsion tayyorgarlik usuli samaradorligi 82,5% tashkil etganligi asoslangan va ular buyicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 19 apreldagi 11-soni bilan tasdiqlangan “Rivojlanmagan xomiladorlikning erta bashorat kilish va tashxislashning zamonoviy usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand shahar filiali 2023 yil 9 fevraldagi 115/4-sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2023 yil 4 apreldagi 131/8-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 08 iyul 02/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlik bo‘lgan ayollarda takroriy rivojlanmagan xomiladorlik rivojlanishini bashorat qilish, ayollarda ushbu holatlarning shakllanishi va kaytalanishini oldini olish, ayollarni keyingi xomiladorlikga prekonsepsion tayyorgarlik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish natijasida keyingi homiladorlik natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ayollarda rivojlanmagan xomiladorlik qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida ambulator va statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Bu esa ambulator-poliklinika xizmatiga va statsionarga murojaatlar sonini 2-3 baravarga qisqarishiga va byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga zamin yaratgan.