Saydamanova Sayyoraxon Saidusmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali mieloleykozni o‘sma klonida tirozinkinaza ingibitorlariga rezistentlik rivojlanishining molekulyar-genetik markyorlari” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.I. PhD/Tib1771.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abduraxmon Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Baxovudinov Burxonidin Baxovudinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Zuhra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: CYP1A1 geni polimorfizmining tirozinkinaza ingibitorlari dori vositalariga rezistentlik darajasiga ta’sirini, shuningdek, surunkali mieloblast leykoz bilan og‘rigan bemorlarda rezistentlik rivojlanishini bashorat qilishda T315I mutatsiyasining o‘rnini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali mieloleykoz bilan xastalangan bemorlarda davoga rezistentlikni rivojlanishi CYP1A1 va T315I genidagi mutatsiyalar bilan bog‘ligi aniqlangan;
surunkali mieloleykozning surunkali kechishi, akseleratsiya va blast krizi kechish fazalarining CYP1A1 geni Val/Val va T315I mutatsiyalari bilan assotsiativ bog‘liq emasligi asoslangan;
surunkali mieloblast leykoz mavjud bemorlarda tirozinkinaza 1 avlod ingibitorlariga chidamli guruhida chidamli bo‘lmagan bemorlarga nisbatan gemoglobin miqdori, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining ishonchli kamayganligi va leykotsitlar, blast hujayralar hamda ertitrotsitlar cho‘kish tezligining yuqori ishonchli oshganligi aniqlangan;
CYP1A1 va T315I genidagi mutatsiyalari surunkali mieloblast leykoz mustaqil xavf ta’siri, kasallik rivojlanishi va keyingi fazaga o‘tishi jihatdan prognostik axamyatli ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 iyuldagi 4-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangiligi: surunkali mieloleykoz bilan xastalangan bemorlarda davoga rezistentlikni rivojlanishi CYP1A1 va T315I genidagi mutatsiyalar bilan bog‘ligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 12.03.2022 yildagi 01/2-109V -sonli buyruq va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.04.2022 yildagi 161-U -sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali miyeloleykoz kasalligi bilan kasallangan bemorlarda genetik mutatsiyalarga ta’sir qiluvchi molekulalarning aniqlanishi kasallikni davolash, rezistentlik rivojlanishini oldini olish va uning og‘ir kechishi xavfini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SML kasalligida genetik mutatsiyalarga ta’sir qiluvchi mutatsiyalar, xamda resistentlik shakllanishiga mas’ul yo‘nalishlar yaratish imkoniyatni ochish va kasallikni monand davolash ularda nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra SML kasalligida genetik mutatsiyalarga ta’sir qiluvchi omillar, xamda rezistentlik shakllanishiga mas’ul yo‘nalishlar yaratish kimyoterapiyani tanlash va davo muolajalarini to‘g‘ri olib borishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangiligi: surunkali mieloleykozning surunkali kechishi, akseleratsiya va blast krizi kechish fazalarining CYP1A1 geni Val/Val va T315I mutatsiyalari bilan assotsiativ bog‘liq emasligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 12.03.2022 yildagi 01/2-109V -sonli buyruq va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.04.2022 yildagi 161-U -sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SML bilan kasallangan bemorlarda o‘rganilgan rezistentlik rivojlanishida genlari mutatsiyalari alohida kelganda va birgalikda kelganda yuqori resistentlik bilan asoratlanishi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SML kasalligi bilan kasallangan bemorlarda CYP1A1 genining Val/Val gomozigotli genining mutatsiyasi birlamchi tashhis davomida 50000000 so‘mlik dori vositasini tejash imkonini yaratgan. Xulosa: olingan natijalar surunkali mieloleykoz kasalligida tirozinkinaza ingibitorlariga nisbatan rezistentlik rivojlanishining molekulyar genetik asoslari o‘rganilib molekulyar nuqsonlar aniqlanishi natijasida target dori vositalarining samarali buyurishi bo‘yicha prognostik marker sifatida aniqlanish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangiligi: surunkali mieloblast leykoz mavjud bemorlarda tirozinkinaza 1 avlod ingibitorlariga chidamli guruhida chidamli bo‘lmagan bemorlarga nisbatan gemoglobin miqdori, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining ishonchli kamayganligi va leykotsitlar, blast hujayralar hamda ertitrotsitlar cho‘kish tezligining yuqori ishonchli oshganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 12.03.2022 yildagi 01/2-109V -sonli buyruq va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.04.2022 yildagi 161-U -sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali mieloblast leykozda yagona tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish kasallikni chidamli shakllarini erta aniqlashga hamda asoratlar rivojlanishini oldini olishga yordam bergan. Ushbu yagona umumlashtirilgan algoritmdan foydalanish laborator- asbobiy tekshirishlarni kamaytirib, ortiqcha sarf xarajatlarni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali mieloblast leykozda yagona tashxislash va davolash algoritmini ishlab chiqish kasallikni chidamli shakllarini erta aniqlashga hamda asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Xulosa: klinik, laborator va molekulyar biologik tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda taklif qilingan mezonlar SML va uning chidamli shakllarini rivojlanishining yangi tashxislash va bashoratlash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: CYP1A1 va T315I genidagi mutatsiyalari surunkali mieloblast leykoz mustaqil xavf ta’siri, kasallik rivojlanishi va keyingi fazaga o‘tishi jihatdan prognostik axamyatli ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 12.03.2022 yildagi 01/2-109V -sonli buyruq va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 14.04.2022 yildagi 161-U -sonli buyruq bilan gematologiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat Tirozinkinaza ingibitorlari bilan davo paytida CYP1A1 va T315I mutatsiyalari aniqlanganda, chidamli shakllarning shakllanishi va SMLning erta qaytalanishining erta tashxislash va bashoratlashni amalga oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirozinkinaza ingibitorlari bilan davoga chidamlilik rivojlanishini bashorat qilish uchun yangi molekulyar biologik usulni qo‘llash natijasida kasallikning qaytalanishi va bemorlarning ahvoli og‘irlashuvining oldi olish imkonini bergan. Xulosa: SMLda kimyoterapiyaga chidamlilik rivojlanishining oldini olishda CYP1A1 va T315I mutatsiyalari bemorlarida davoga chidamlilik kamaytiradi, bu esa xastalangan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan.