Radjabov Nasir Nasimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida vokalizm sistemasining fonologik jihatdan chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil277.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Ilmiy rahbar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Solijonov Sobirjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Ingliz va o‘zbek adabiy tillari unlilarining fonologik xususiyatlari asosida ularning ekvivalentlik darajasini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz va o‘zbek adabiy tillaridagi urg‘uli va urg‘usiz unlilarda fonetik va fonologik izomorfizm hamda allomorfizm ochib berilgan;

chog‘ishtirilayotgan tillarning fonologik tizimida fonologik oppozisiyalar bilan bir qatorda ma’no farqlovchi tovush juftliklari ham mavjudligi dalillangan;

unlilar neytralizatsiyasi ingliz tilida paradigmatik, o‘zbek tilida sintagmatik tabiatga ega bo‘lishi asoslangan;

ingliz va o‘zbek adabiy tillarida unli fonemalar o‘zaro yarim ekvivalent ekanligi aniqlangan;

chog‘ishtirilayotgan tillarda unlilar tizimining tuzilishi, artikulyasion-akustik xususiyati, urg‘usizlik hodisasi, unli fonemalarning pozision ko‘rinishlari, unlilar orfografiyasi hamda orfoepiyasi kabi lingvistik omillar unli fonemalarning potensial interferensiyasi manbayi ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Inglizvao‘zbek tillarida vokalizm tizimining fonologik jihatdan chog‘ishtirma tadqiqiga doir ilmiy natijalar asosida:

unlilarning fonologik interferensiyasiga doir ilmiy xulosalar ITD-1, A-1-219 «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz tili) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi loyihaga tatbiq etilgan (Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil  5 martdagi   89-03-919-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Kommunikativ - normativ fonetika» o‘quv qo‘llanmasining tegishli bo‘limlari tadqiqotning ilmiy xulosalari asosida yoritilgan;

unlilarning fonetik va fonologik xususiyatlari, fonologik oppozisiyalar va ma’no farqlovchi tovush juftliklariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» radioeshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2018 yil 19 fevraldagi 02/0-1-26-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy natijalari radioeshittirish orqali ingliz tili talaffuzining muhim jihatlari, jumladan, unlilar talaffuzining o‘ziga xos xususiyatlari qay tarzda o‘zlashtirilishi lozimligi ochib berilganligi bilan tinglovchilarning talaffuz o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish