Xursanaliev Boburmirzo Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“O‘zbekistonda kichik biznesni yirik biznesga transformatsiyalashuvini takomillashtirish”, 08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/31.12.2020.1.130.01
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Jaxongirov Ilmdorjon Jaxongirjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini yirik biznesga transformatsiya jarayonlarining mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy manbaalarni jalb qilish va tadbirkorlikda sherikchilik munosabatlarini tartibga solish maqsadida kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishi natijasida yirik biznesga aylanishi orqali qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirishda soddalashtirilgan Mikro IPO dasturi taklifi asoslangan;
“Tadbirkorlik ekotizim modeli”ni moliyaviy, madaniy va inson kapitali salohiyatining institutsional tuzilmasi uchligini joriy qilish orqali kichik biznesning yirik korxonalarga aylanishi imkoniyati taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarini barqaror rivojlanishi va bozor munosabatlariga tez moslashishini ta’minlovchi atributlar (tadqiqot, innovatsiya, optimizatsiya, moliyaviy boshqaruv) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida kichik bizneslarning yirik biznesga aylantirish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish modeli ishlab chiqilgan;
kichik biznes sub’ektlarining barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlash asosida ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni yirik biznesga transformatsiyalashuvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mikro IPO dasturi taklifi orqali kichik korxonalar moliyaviy manbaalarni kengaytirish yirik biznesga aylanishi va tadbirkorlikda sherikchilik munosabatlarini tartibga solish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi (04/7-10-74 sonli ma’lumotnomasi) faoliyatida foydalanilgan;
“Tadbirkorlik ekotizim modeli”ni moliyaviy, madaniy va inson kapitali salohiyatining institutsional tuzilmasi uchligini joriy qilish orqali kichik biznesning yirik korxonalarga aylanishi imkoniyati taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi (04/7-10-74 sonli ma’lumotnomasi) faoliyatida foydalanilgan. Mazkur taklif asosida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan “Global Asia Standar” MChJ (“Global Asia Standar” MChJning 2024 yil 12 sentyabrdagi № 09/24-812-sonli ma’lumotnomasi) hamda “Beknur invest impeks” MChJlar daromadliligi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 3,2% va 18% o‘sishni  qayd etdi;
kichik biznes sub’ektlarini barqaror rivojlanishi va bozor munosabatlariga tez moslashishini ta’minlovchi atributlar (tadqiqot, innovatsiya, optimizatsiya, moliyaviy boshqaruv) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida kichik bizneslarning yirik biznesga aylantirish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish modeli taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi (04/7-10-74 sonli ma’lumotnomasi) faoliyatida foydalanilgan;
kichik biznes sub’ektlarining barqaror va samarali rivojlanishini ta’minlash asosida ishlab chiqarish hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi (04/7-10-74 sonli ma’lumotnomasi) faoliyatida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish