Adizov Sanjar Rashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt511
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/08.05.2024.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kucharov Abrorjon Sobirjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Muminova Elnoraxon Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turdosh oliy ta’lim muassasalarni optimallashtirish orqali ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va texnologik salohiyatdan samarali foydalanish asosida sinergiya samarasiga erishish imkoniyatini beruvchi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarishning takomillashgan mexanizmi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarga akademik erkinlik berish asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari menejmenti funksiyalari samaradorligini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarining integratsiyalashish darajasini baholash uslubiyoti o‘quv, ilmiy, innovatsion, tijoratlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy tarbiya hamda xalqaro faoliyat kabi mezonlarni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
davlat oliy ta’lim muassasalarida xorijiy oliy ta’lim muasssasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi «Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi (qo‘shma fakultet)» tashkil etish taklif etilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarish jarayonlarini samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida Random effecs estimator(REE) hamda Fixed effecs estimator (FEE) modellari asosida O‘zbekistonda ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
turdosh oliy ta’lim muassasalarni optimallashtirish orqali ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va texnologik salohiyatdan samarali foydalanish asosida sinergiya samarasiga erishish imkoniyatini beruvchi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarishning takomillashgan mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-iyuldagi qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 02/10-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarini optimallashtirish boyicha vazirlikning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli reja hamda dasturlar kompleksini samarali shakllantirilishiga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarga akademik erkinlik berish asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari menejmenti funksiyalari samaradorligini oshirish mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 02/10-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’limning xalqaro tasnifi, ilg‘or xorijiy tajriba asosida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish hamda ayni paytda talab yuqori bo‘lgan sohalarda yangi yo‘nalishlar ochish, texnik oliygohlarni birlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi;
oliy ta’lim muassasalarining integratsiyalashish darajasini baholash uslubiyoti takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 25-dekabrdagi PQ-60-sonli qarori loyihasini, shuningdek vazirlikning mazkur jarayonlarga tegishli buyruq, reglament, ko‘rsatma va yo‘riqnomalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 02/10-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan integratsiyalashish tabiatini chuqur, tushunarli, kompleks, atroflicha va qaror chiqarish uchun foydali darajada tadqiq qilish hamda oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv qarorlarini chiqarishga ma’sul rahbarlarda umumiy va funksional salohiyatlardan qay darajada foydalanilayotganiga baho berish imkoniyati yaxshilangan;
davlat oliy ta’lim muassasalarida xorijiy oliy ta’lim muasssasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi “Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi (qo‘shma fakultet)” tashkil etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi
02/10-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi natijasida davlat oliy ta’lim muassasalarida xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi “Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi (qo‘shma fakultet)” tashkil etilgan;
O‘zbekistonda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarish jarayonlarni tadqiq etish asosida ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 02/10-2088-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif O‘zbekistonda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini boshqarish jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning prognoz ssenariylari mamlakatimiz hududlari va yillar kesimida oliy ta’lim xizmatlarini hamda talabalar sonini o‘sishi bo‘yicha aniq va  sifatli  tahliliy  natijalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish