Mardonbek Qosimboy o‘g‘li Rajapovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Afrig‘iylar sulolasi davri tarixshunosligi (XIX–XXI asrning 20-yillaridagi tadqiqotlar tahlili”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tar1754
Ilmiy rahbar: Nigora Ashirovna Allaeva, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulahad Xo‘jaev, tarix fanlari doktori, professor;
Mirsodiq Mirsultonovich  Ishoqov tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Afrig‘iylar sulolasi davri (305–995-yillar)  ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot masalasiga doir tadqiqotlarning yaxlit tarixshunoslik tahlili asosida bugungacha ilmiy-nazariy echimini topmagan muammolarni aniqlash hamda sulolaning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud tadqiqotlarda sulolaning davriy chegarasi Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asariga tayanilgan holda 305–995-yillar sifatida ko‘rsatib kelingan bo‘lib, bu ma’lumotlar numizmatik tadqiqotlar orqali tarixiy haqiqatga mos kelmasligi, ya’ni sulolaning hukmronlik yillari  3-yuzyillikning so‘nggi choragidan (taxminan 275-yil) oli Iroq (Iroq oilasi) sulolasining taxtga kelishiga (893-yil)  qadar davom etgani dalillangan;
 “Poyko‘li tosh bitiklari” va “Tansarning maktublari” kabi pahlaviy manbalaridagi ma’lumotlar sovet mafkurasi asosida “Afrig‘iylar davri Xorazmda Eron ta’sirini to‘la inkor etish” konsepsiyasi biryoqlama yondashuv ekanligini, ya’ni  242–350-yillarda Xorazm Eron sosoniylari vassalligida bo‘lgani hamda ular o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilganini tasdiqlashi asoslangan;
mavjud ishlarda bir xil maqomga ega deb qaralgan “Xorazmshoh”, “Xorazm maliki” va “Xorazm xusravi” unvonlari hukmronlik mavqeyi jihatidan farqli ekanligi, ya’ni  “Xorazmshoh” – oliy hukmdorlik tituli, “Xorazm maliki” va “Xorazm xusravi” – xorazmshohga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil hokimlarga tegishli ikkinchi darajali unvonlar bo‘lganligi aniqlangan;
4–6-yuzyilliklarda mintaqada yuz bergan  ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulning sabablari borasidagi mavjud xulosalar kengaytirilib, sovet davri tadqiqotlarida ko‘rsatib kelingan tashqi ta’sirlar – eftaliylar, Turk xoqonligi va boshqa ko‘chmanchilarning hujumlaridan tashqari, ichki kuchlar o‘rtasida taxt uchun vujudga kelgan siyosiy raqobat (Kerdar, Hamjird, Hazorasp),  tabiiy-iqlimiy (Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi, toshqinlar) kabi omillar ta’sir qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Afrig‘iylar sulolasi davri tarixshunosligi (XIX – XXI asrning 20-yillaridagi tadqiqotlar tahlili) mavzusiga oid ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Afrig‘iylar sulolasining hukmronlik yillari bo‘yicha fanda umumqabul qilingan davriy chegara (305–995-yillar) qayta ko‘rib chiqilib, sulolaning mintaqadagi hukmronligi 4-yuz yillik boshlaridan emas, ilgariroq, ya’ni 3-yuzyillikning so‘nggi choragidan boshlanib, 893-yilgacha davom etganligi, 893- yildan, ya’ni Iroq ibn Mansur noibligidan boshlab Xorazmda yangi “Oli Iroq” (Iroq oilasi) sulolasi taxtga kelganligi, ular hokimiyatlarini qonuniylashtirish va mustahkamlash maqsadida o‘zlarini shajaraviy jihatdan afrig‘iylarga bog‘laganliklariga doir ma’lumotlar “O‘zbekіston tarіxі” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 3-avgustagi 01-044-204-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi afrig‘iylar sulolasining hukmronlik yillarini tuzatishga xizmat qilgan.
4–10-yuzyilliklarda Xorazmda yuz bergan muhim siyosiy voqealar sovet mafkurasi asosida “Afrig‘iylar davri Xorazmda Eron ta’sirini to‘la inkor etish” konsepsiyasi biryoqlama yondashuv ekanligi “Poyko‘li tosh bitiklari” va “Tansarning maktublari” kabi pahlaviy manbalaridagi ma’lumotlar asosida 242–350-yillarda Xorazm Eron sosoniylari vassalligida bo‘lgani hamda ular o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix instituti va Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan bajarilgan I-FA-2019-25-sonli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi qo‘shma innovatsiya loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR FA Tarix instituti 2024-yil 3-oktyabr 3/1255-2197-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari afrig‘iylar sulolasi davri (4–10-yuzyilliklar) tarixini kam o‘rganilgan manbalardagi ma’lumotlar bilan boyitishga hamda sovet davrida shakllangan ayrim yondashuv va qarashlar xato ekanligini ochib berishga xizmat qilgan.
Afrig‘iylar davlat boshqaruvi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarda, ayniqsa xorij olimlarining ishlaridagi noto‘g‘ri talqinlar aniqlanib, “Xorazmshoh”, “Xorazm maliki” va “Xorazm xusravi” unvonlarini bir xil maqomga ega deb ko‘rsatilishi xato ekanligi,  “Xorazmshoh” oliy hukmdorlik, “Xorazm maliki” va “Xorazm xusravi” unvonlari esa unga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil hokimlarga tegishli bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zR FA Tarix instituti va Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan bajarilgan I-FA-2019-25-sonli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi qo‘shma innovatsiya loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR FA Tarix instituti 2024-yil 3-oktyabr 3/1255-2197-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari afrig‘iylar sulolasining davlat boshqaruvi bo‘yicha yangi qarashlarning shakillantrilishiga, sulolaning   mintaqadagi geostrategik ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan.
4–6-yuzyilliklarda Xorazm vohasida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulning kelib chiqishiga sabab sifatida sovet davri tadqiqotlarida ko‘rsatib kelingan tashqi omillar - eftaliylar, Turk xoqonligi va ko‘chmanchilarning hujumlari bilan birgalikda siyosiy beqarorlik, tabiiy ofatlar: Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi, toshqinlar kabi omillar ham ta’sir qilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekіston tarіxі” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 3-avgustagi 01-044-204-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi Xorazmning “noma’lum tarixi” sifatida ko‘rsatib kelingan 4–6-yuzyilliklarga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitishga, sulolaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasidagi xulosalarni kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish